Qayta hisoblash bunda auditor tekshiruvga jalb qilingan dastlabki va yig’ma xujjatlar, hamda ularga biriktirilgan ilovalardagi mavjud hisob kitoblarda arifmetik amallarning bajarilishini to’g’riligi nuqtai nazaridan o’rganib chiqadi va zarur bo’lsa ularga tegishli o’zgartirishlar kiritish bo’yicha kompaniya rahbariyatiga tavsiyalar taqdim etadi.
Biroq auditorlik tekshiruvi jarayonida kmpaniyaning barcha xujjatlarni arifmetik tekshiruvdan o’tkazib chiqishning iloji yo’q. Ammo, auditorga bu usulni kassa va bank muomalalarini, ishchi va xodimlar, hamda hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlarni tekshiruvdan o’tkazayotganda qo’llashni maslaxat beramiz. CHunki amaliyot ko’rsatishicha ko’proq mana shu yo’nalishlarda yo’l qo’yilgan arifmetik xatolarning aksariyatida qonunbuzarlik va xizmat vazifasini sui’stemol qilish voqeligi yotadi
Kuzatish. Kuzatuv boshqalar tomonidan amalga oshirilayotgan jarayonni yoki tartib-taomilni kuzatishni, masalan tadbirkorlik sub’ektining xodimlari tovar-moddiy zaxiralarni sanashining yoki nazorat faoliyatlarini amalga oshirishining auditor tomonidan kuzatuvini qamrab oladi. Bu esa kompaniyaning moddiy qiymatlari, asosiy vositalari, pul mablag’lari va hisoblashishlarining mavjudligi, saqlanishi va holati to’g’risida aniq dalil olish imkonini beradi.
“Auditorlik dalili - muayyan moddalarni maxsus ko’rib chiqish” deb nomlangan 501-sonli Auditning Xalqaro Standartining 4-bandiga ko’ra agar tovar-moddiy zaxiralar miqdori moliyaviy hisobot uchun muhim bo’lsa, auditor tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va holati xususida yetarlicha tegishli auditorlik dalillari olishi lozim. Buni aniqlashning eng yaxshi usuli bu mijoz kompaniya xodimlari tomonidan kompaniya mulkini inventarlash amalga oshirilayotgan jarayonda qatnashishdir. Auditor tovar-moddiy zaxiralari amaldagi qoldiqlarining inventarizatsiyasi paytida (agar bu mumkin bo’lsa), quyidagilarni bajarish uchun, ishtirok etishi mumkin:
(i) tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining yo’riqlarini hamda tadbirkorlik sub’ekti tovar-moddiy zaxiralarining amaldagi qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalarini yozish va nazorat qilish uchun qo’llaniladigan amallarini baholash;
(ii) tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati inventarizatsiyani o’tkazish uchun belgilagan tartib-taomillarning bajarilishini kuzatish;
(iii) tovar-moddiy zaxiralarni tekshirish;
(iv) nazorat hisoblashlarini bajarish.