Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar


Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati



Download 62,67 Kb.
bet25/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

40.Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati
Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati.Uyushgan ega, hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir so‘zshaklda alohida-alohida mavjud bo‘lishi ham, faqat oxirgisida bo‘lib, oldingilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq uyushgan kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, boshqalari esa bu qo‘shimchani olmagan bo‘ladi: 1. Bizning yoshlar dono va zukkodirlar. 2. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turardilar.3.Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan borishimiz va masalaga oydinlik kiritishimiz lozim.
So‘z kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllangan va kesimlik sintaktik pozitsiyasini egallagan bo‘lsa, u alohida hukm va tugal ma’no ifodalaydi hamda gap hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan gapda ham uyushgan kesimning barchasi [Pm] ko‘rsatkichi bilan shakllantirilganda, ularning har biri alohida-alohida gapni hosil qiladi va natijada qo‘shma gap vujudga keladi. Qiyoslang: 1. Siz a’lochi va jamoatchi kishisiz (uyushiq kesimli gap) – Siz a’lochisiz va jamoatchisiz (qo‘shma gap). 2. U vaqtlarda otam kosib, onam tikuvchi edi (uyushgan sodda gap) – U vaqtlarda otam kosib edi va onam tikuvchi edi (qo‘shma gap).
Uyushiq kesimning har xil so‘z turkumi bilan ifodalanishi ham uchraydigan hodisa. Bu ot va olmoshda mavjud: Taniganim, bilganim sen va Halimdir. Biroq fe’l va boshqa turkum so‘zi uyushiq kesim hosil qila olmaydi. Chunki ot, fe’l boshqacha va qolgan turkumlar boshqacha tuslanishga ega bo‘ladi: Itingdurman va bo‘zlagaydirman. Bu gapda kesimlik ko‘rsatkichlarini ikkala so‘zshakl uchun bitta qilib bo‘lmaydi: Itingdur va bo‘zlagaydirman kabi.
41.Gapning undalma bilan kengayishi. Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo‘lgan so‘zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo‘lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida bo‘ladi. Biroq u kengayayotgan so‘z bilan bog‘langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog‘langan so‘zshakl nutq yo‘naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so‘zshakllar keladi.
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so‘z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo‘lak ajralmish bo‘lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo‘naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog‘lanishga ega bo‘ladi.
Undalma kengaytirgan olmosh so‘zshakl gapning barcha bo‘laklari, bo‘lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo‘lak bo‘laklarining kengaytiruvchilari bo‘lishi mumkin:
kesim: Do‘stim, ishonganim sensan;
ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan;
hol: Halim, sen tufayli murodimga etdim;
aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon;
to‘ldiruvchi: Qarchig‘ay changalim, senga yo‘l bo‘lsin.
Undalma qo‘llanganda u kengaytirgan so‘z tushib qolishi ham mumkin. 1.Ey Sharqning bo‘stoni, dilimga payvand! 2.Кel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.
Undalma vazifasida qo‘llanadigan so‘z:
ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?
otlashgan so‘z: 1. Кo‘rganlar, gapiring.
Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma.
Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo‘stonlar, sizdan so‘rayman.

Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish