Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar



Download 62,67 Kb.
bet26/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

42. Kirish kengaytiruvchilar. Кirish kengaytiruvchilar. Ma’lum bo‘ladiki, gap [Pm]i tarkibida mayl/modallik ma’nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o‘zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma’no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so‘z birikmasi hosil qilmagan bo‘lsa-da, [Pm] dagi mazkur ma’noga bevosita daxldor bo‘lgan subyektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko‘plab uchraydi: 1. Aka, bugun ota-onalar yig‘ilishiga dadam boradilarmi? – Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2.To‘g‘ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida. 3. Bu chol, qizining so‘ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o‘ylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.
Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, [Pm] tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma’nosini muayyan-lashtiradi, ya’ni gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Shu boisdan ular modalyoki kirishkengaytiruvchideb ataladi. Кirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo‘laklari sanalmish ega va hol kabi faqat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri gap markaziga munosabatda bo‘ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi [Pm]ga grammatik jihatdan bog‘lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo‘llab bo‘lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo‘lganligini inobatga olib ularni bo‘lak, gap bo‘lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so‘z va gap kengaytiruvchisi orasida «oraliq uchinchi» bo‘lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo‘lmagan bo‘lagiatamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo‘lmagan degan qismi hodisaning so‘z kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko‘rsatsa, bo‘lak uzvi gap kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi.
Кirish kengaytiruvchi so‘z, birikma va gap ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: 1. Farg‘onada, balki, balqarsan.(A.Orip.)2.Tabibning ta’biricha, shohning sog‘ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ert.)3.Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o‘zi bo‘lmaydi. (S.Nur.)Shu sababli kirish kengaytiruvchi kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap kabi turga bo‘lib o‘rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchisi nominativ birlik. Garchi ularning ayrim ko‘rinishi gap xarakterida bo‘lsa-da, ularni tom ma’nodagi gap deb bo‘lmaydi.

Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish