Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar


Gapning aktual bo‘linishida tema va rema munosabati



Download 62,67 Kb.
bet29/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

46. Gapning aktual bo‘linishida tema va rema munosabati
Gapning aktual bo‘linishi mantiqiy birlik bo‘lgan hukmning bo‘laklanishi (subyekt va predikatga bo‘linish) ga o‘xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo‘linishni mantiqiy-grammatik bo‘linish deb ham nomlaydi.
Aktual bo‘linish – sof nutqiy hodisa. Lekin aktuallashish lisoniy strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto‘g‘ri. Har qanday hodisa muayyan mohiyatning ko‘rinishi bo‘lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv-sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy strukturasi unsurlari bo‘lgan kesim, ega, hol o‘rinlari to‘ldiruvchilari yoki bu to‘ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual bo‘linishni keltirib chiqaradi. Shu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ-sintaktik sath deb yuritiladi.
Aktual bo‘linish talabi bilan gapda so‘z tartibi har xil bo‘ladi.
Gapning konstruktiv va nokonstruktiv bo‘laklari turlicha joylashadi. Buning sintaktik qurilishga daxli yo‘q. Tartib o‘zgarishi bilan gap sintaktik qurilishiga putur yetmaydi. Gapda so‘z tartibi aktual bo‘linish bilan chambarchas bog‘liq.
Gapdagi so‘zlar o‘zlarining tema yoki remaga kirishiga ko‘ra joylashadi.
Axborotning tinglovchiga ma’lum parchalarini ifodalovchi so‘zlar gap boshida keladi.
Rema gap oxirida, temadan so‘ng keladi. Bu izchillikning buzilishi yo uslubiy bo‘yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi.
Agar ega guruhi tema, kesim guruhi rema bo‘lsa, aktual bo‘linish sintaktik bo‘linish bilan muvofiq keladi: O‘quvchilar shodlanishdi (ega-kesim, tema-rema).
Quyidagi gaplarning tema-rematik bo‘linishini qiyoslang (56-jadval):
56-jadval
Tema
Rema
Fermerlar
Bu yil
Paxtadan
bu yil paxtadan mo‘l hosil oldilar
fermerlar paxtadan mo‘l hosil oldilar
fermerlar bu yil mo‘l hosil oldilar
Birinchi jumlada tema gapning egasi bilan muvofiq keladi. Кeyingi gaplarda aktual va sintaktik bo‘linish nomuvofiqligi yuz bergan. Demak, ma’lum bo‘ladiki, gapdagi so‘zlar o‘rni o‘zgargani bilan sintaktik strukturada o‘zgarish yuz bermaydi. Aktual bo‘linishda esa u muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Aktuallashtiruvchilar qatorida, tartibdan tashqari, boshqa vositalar ham bo‘lishi mumkin. Ular ustuvor qiymat kasb etganda, tartibning roli susayadi. Muhim aktuallashtiruvchilar qatoriga fonetik, leksik va grammatik aktuallashtiruvchilarni kiritish mumkin:
1) prosodik aktuallashtiruvchi vosita. Bunday aktuallash-tiruvchi vosita sirasiga mantiqiy urg‘u va u bilan bog‘liq bo‘lgan nutq tempi hamda pauza kiradi.
Gapda nechta mustaqil so‘z bo‘lsa, shuncha miqdorda so‘z urg‘usi bo‘ladi. Biroq gap qanchalik darajada yoyiq yoki yig‘iq bo‘lishidan qat’i nazar, unda mantiqiy urg‘u bitta bo‘ladi. Qaysi so‘z mantiqiy urg‘u olsa, shu so‘z rema, gapning qolgan qismi esa tema hisoblanadi. Faqat ega va kesimdan iborat gaplarda qaysi bo‘lak mantiqiy urg‘u olsa, u rema maqomini oladi: 1. Guli keldi: Guli – tema, keldi – rema. 2. Guli keldi: Guli – rema, keldi – tema.
Emfatik emotsional urg‘u. Emfatik urg‘u ham gapdagi ma’lum bir so‘zni ajratib ko‘rsatadi. Bu bilan u mantiqiy urg‘uga o‘xshab ketadi. Biroq, mantiqiy urg‘udan farqli o‘laroq, emfatik urg‘uda hissiylik kuchli bo‘ladi. O‘zbek tilida emfatik urg‘u ostidagi so‘z tarkibidagi unli yoki undosh cho‘ziladi. Masalan: Havo t-o-za ekan. Ch-i-royli qiz keldi. So‘zlarni takrorlash natijasida ham emfatiklik ifodalanadi: Men borsam, men.
Mantiqiy va emfatik urg‘u ostidagi so‘zda pauza ham ko‘maklashuvchi vosita sifatida qatnashadi. Urg‘uni olgan so‘zdan oldin ko‘p holda pauza paydo bo‘ladi.
2) leksik va grammatik aktuallashtiruvchi vosita. Ma’lum bir so‘zning aktuallashishida o‘zbek tilidagi turli lug‘aviy va grammatik shakl ham ishtirok etadi. Bu vositalar mantiqiy urg‘uli so‘z bilan kelib, yordamchi aktuallashtiruvchi vosita hisoblanadi. Bularga faqat, yolg‘iz, hatto, o‘zi so‘zlari va -gina, -oq , -yoq qo‘shimchasi kiradi:
1) Hatto Javohir o‘qidi.
2) Sarvar ham keldi.
3) Asliddin ham o‘qidi, ham yozdi.
4) Men o‘zim aytaman.
5) Sherzodning o‘zigina tushunadi.
Bu lug‘aviy-grammatik vosita bilan kelgan bo‘lak mantiqiy urg‘u olib aktuallashadi – remaga aylanadi.
Кommunikativ bo‘linmas gap. Har qanday gap ham tema-rematik bo‘linishga ega bo‘lavermaydi. Shunday ko‘rinishdagi gaplar ham borki, ularni kommunikativ bo‘linmas gap deyish mumkin. Bunday gaplarda tema (ma’lum axborot) bo‘lmaydi. Gap butunicha remadangina iborat bo‘ladi. Bunday gaplarning axborot vazifasi biror voqea-hodisaning mavjudligi yoki vujudga kelganligini ifodalashdan iborat bo‘ladi: 1. Bugun stadionga boriladi. 2. Bahor. 3. Issiq boshlandi. 4. Tez tong otdi. 5. Rahmat. Кommunikativ yaxlitlik gaplarning ko‘proq bir tarkibliligi bilan aloqador bo‘ladi. Ikki tarkibli fe’l kesimli gaplarda bu gap semantikasi bilan bog‘langan bo‘ladi: 1. Tong otdi. 2. Shom tushdi. Bunday gaplarning semantik strukturasi deyarli bir tarkibli gaplarga yaqinlashib qoladi.

Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish