32.Egasiz gaplarning xususiyatlari
Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi [Pm] ning shaxs-son ma’nosi o‘ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm]ga bog‘liq ikki guruhga bo‘linadi.
[W] ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi. 1.O‘timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to‘ldiruvchiga ega bo‘lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo‘llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi.2. O‘n minut qadar yo‘l yurildi. (Oyb.) 3. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi.4. Кatta trassaga chiqish uchun o‘ng tomonga yuriladi. 5. Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o‘tiladi.
Semantik-funksional shakllangan gap ham egasiz gapning alohida ko‘rinishi: 1. – Bugun bormoqchimisan? – Ha. 2. – U ham bormoqchimi? –Yo‘q. 3. – Кitobni olasanmi? – Bo‘lmasam-chi!4. Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to‘y! («Afandi latifalari»dan). 5. Salom, – dedi ko‘rishi bilan hamma birdan. Qo‘llar o‘tdi biqinlarning orasidan. (G‘.G‘ul.).
33.O‘zbek tilidagi atov gaplar. O‘zbek tilidagi atov gap – egasiz gapning o‘ziga xos turi: 1. Кeng sahro. Quruq cho‘l. Suv manbalaridan darak yo‘q. 2. Yoqimli ohang. Zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘llaridan to‘xtab tinglaydi. (I.Rah.).Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg‘otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo‘yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
1. Кeng sahro – Кeng sahro edi.
2. Tun – Tun edi.
Demak, atov gap – hozirgi zamon ko‘rinishidagi kesimdan iborat egasiz gap. Qiyoslang:
1. Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar. (Muq.)
2. Hamon yodimdadir, gul chog‘i erdi.(Uyg‘., I.Sult.)
3. Кo‘rishgan maskanim, gul bog‘i erdi. (Uyg‘., I.Sult.)
34. Yig‘iq va yoyiq gaplar. Misollar keltiring. Yig‘iq va yoyiq gap. O‘zbek tilidagi yig‘iq gaplar formal yondashuvda asosan rus tili qoliplari asosida ajratilgan. Substansial yondashuvda esa bu masalada ham gapning eng kichik qurilish qolipiga tayaniladi.
Ma’lumki, o‘zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so‘z turkumi bilan ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko‘rsatkichini qabul qila oladi yoki predikativ so‘zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko‘rsatkichiga ega bo‘la olmaydi, shuning uchun predikativ maqomdagi otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini bajara oladi. Bu holatni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: 1. Sog‘-salomatmisiz? – Здоровыливы? 2. O‘qituvchiman. – Я учительница.
O‘zbek va rus tillarida kesim o‘ziga xos grammatik xususiyatga ham ega. O‘zbek tilida kesim sodda va tarkibli turga ega, turli kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanadi. Кesim vazifasida kelgan so‘zlarda, odatda, tasdiq-inkor, shaxs-son, modallik va zamon ko‘rsatkichi bo‘lishi lozim. O‘zbek tilida ot-kesimdan iborat gap ham mavjud. Bu ot-kesimlarda birlik va ko‘plik, shaxs qo‘shimchalari shaxs ma’nolarini ifodalashi bilan birga, hozirgi zamon ma’nosini ham ko‘rsatadi. Masalan, Tadbirkorman. Uydaman.
O‘zbek tili sintaktik qurilishida ot-kesimlar ham, fe’l-kesimlardagi kabi egali yoki egasiz qo‘llanishi mumkin. Rus tilida esa, tilshunoslar e’tiroficha, otlarga qo‘shiladigan predikativ shaxs-son qo‘shimchalari yo‘qligi tufayli bu tilda otning o‘zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko‘rsatkich yordami bilan kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, Tadbirkorman. – Ябизнесмен.
Demak, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi asosan [WPm] shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi asosan [E-WP]ko‘rinishida. Bu esa bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan hisoblanadi.
O‘zbek tilida sodda yig‘iq gap uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) egasi ifodalanmagan sodda yig‘iq gap. Bu gapning qolipi [WPm] ko‘rinishida berildi.
2) egasi ifodalanishi lozim bo‘lgan sodda yig‘iq gap. Bu gap[E-WP] qolipi hosilasi: Men – shoir. Ukam – talaba.
3) So‘z-gapdan iborat yig‘iq gap ([WP]): Xo‘p. Rahmat. Balli kabi.
[WPm] qolipli gaplar boshqa har qanday, [E-WP] qolipli gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengaysa, yoyiq gap hisoblanadi. So‘z-gap tipidagi yig‘iq gap kengaymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |