Andijon viloyati Buloqboshi tumani 12- umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot , o’zbek tili fanlari o’qituvchisi Axmedova Dilorom Shavkatovnaning “Abdulla Oripovning hayoti va ijodi” bo’yicha tayyorlagan taqdimoti.
Darsning mavzusi: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi. Darsning rejasi: 1)Abdulla Oripov hayot yo’li haqida . 2) Shoirning asarlari 3) “O’zbekiston” qasidasi.
Darsning shiori: Ona xalqim, jon-tanim, O’zbekiston - Vatanim manim! Mangu yorug’ maskanim manim, O’zbekiston - Vatanim manim!
Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko’p ko’rgansiz. O’zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz g’alabaga erishganda, har safar bayrog’imiz ko’tarilganida, madhiyamiz yangraganini g’urur va iftixor bilan kuzatgansiz.
Mashhur shoir, tarjimon, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941-yilning 21- martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Orif bobo ko’pni ko’rgan, donishmand kishilardan edi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi.
Bo’lajak shoir Neko’zdagi o’rta maktabda o’qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo’ldi. To’rt aka -ukaning hammasi adabiyot muxlisi edi. She’rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo’ldi. Dastlabki she’rlari o’quvchiligida bosildi.Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo’lishdi.
Abdulla Oripov 1958- yilda o’rta maktabni bitirib, Toshkentga keladi va hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda “Mitti yulduz”nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste ‘dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi.
Abdulla Oripovning o’nlab kitoblari nashr etildi. Buyuk Italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi. Amir Temur haqida “Sohibqiron” nomli drama yozdi.Ayni paytda qanchadan qancha she’rlari xorijiy tillarga tarjima qilindi.Uni XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar.
“O’zbekiston” qasidasida har biri 10 satrlik 14 banddan iborat . Jami 140 satr . Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Har bandning so’ngi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat muhim mavzuga – ona – Vatanimiz sha’niga bag’ishlangan.Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Bu yurt – O’zbekistondir!
Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: “O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi”matni muallifi, O’zbekiston xalq shoiri. Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. 1998- yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Zavol ko’rma hech qachon, o’lkam, Zavol bilmas shu yoshing bilan. Muzaffar bo’l, g’olib bo’l o’ktam Do’st-u yoring, qardoshing bilan . Asrlarning silsilasida Boqiy turgay koshonang sening, Hur xalqlarning oilasida Mangu yorug’ peshonang sening. Mangu yorug’ maskanim manim, O’zbekiston – Vatanim manim!