Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar



Download 62,67 Kb.
bet19/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

28.So‘z kengaytiruvchilari
So‘z kengaytiruvchilari. Gap tarkibidagi mustaqil so‘zlik mavqeini saqlagan barcha so‘zlarning ma’noviy qobiliyati asosida kengaya olishini va shu qobiliyatni namoyon qilishini ta’minlovchi lug‘aviy birlik so‘z kengaytiruvchisi deyiladi. So‘z kengaytiruvchisi gapning qurilishiga bevosita aloqador hodisa bo‘lmay, ma’lum bir so‘zning ma’nosini muayyanlashtirish, uni ochib berishga aloqador bo‘lgan hodisa. So‘z kengaytiruvchisi mustaqil, alohida bir gap bo‘lagi – gap qurilishining zaruriy tarkibiy qismi emas. U gapning ma’lum bir bo‘lagiga ergashib, tobelanib keladi, gap markazi – kesim tarkibidagi kesimlik qo‘shimchasi bilan bog‘lanmaydi. Aniqlovchi ana shunday bo‘lakning tipik ko‘rinishi. Masalan, Bu kitobni kecha o‘qidik gapidagi bu aniqlovchisi to‘ldiruvchi (kitobni)ga tobelangan va gap tarkibida to‘ldiruvchi bilan bir butun holda kesimga bog‘lanadi.
Aniqlovchi gapdagi barcha bo‘laklarni kengaytirishi mumkin.
a) eganing kengaytiruvchisi : A’lochi Tohir keldi.
b) kesimning kengaytiruvchisi: Sen ilg‘or o‘qituvchisan.
d) holning kengaytiruvchisi: U azim shaharda yashaydi.
e) to‘ldiruvchining kengaytiruvchisi: Aqlli bolalarni sevaman.
f) aniqlovchining kengaytiruvchisi: Beg‘ubor yoshligim taassurotlari hech qachon o‘chmaydi.
So‘z kengaytiruvchisi nutqda kesim vazifasida kelgan so‘zga mansub bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Gulnora – iste’dodli talaba.Bu holatda ham so‘z kengaytiruvchisi gap qurilishiga o‘zi ergashib kelgan so‘z bilan birga kirib keladi va gap qurilishida alohida o‘rin egallamaydi. Yuqoridagi gapda iste’dodli so‘zi gap kesimiga tobelanib kelganday ko‘rinadi. Aslida esa u gap kesimiga emas, balki mana shu gapdagi kesim vazifasida voqelangan talaba so‘ziga tobelanib kelmoqda. Shuning uchun gapning kesimi vazifasida kelgan so‘zning leksik-semantik valentligi bilan bog‘liq bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lak ham so‘z kengaytiruvchisi.
29. Grammatik shakllangan gap.
Grammatik shakllangan gapda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.
O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:
1) kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi: o‘qiy , ketaylik, keldi. Bu qo‘shimchalar (-y, -aylik, -di)ning har birida tasdiq-inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega. Masalan, o‘qiy kesimidagi -y qo‘shimchasi bo‘lishlilik (-may uning bo‘lishsiz shakli), buyruq- istak mayli (bunda -sin, -ng, (o‘qisin, o‘qing) bilan paradigma – o‘xshashlik qatori hosil qiladi), kelasi zamon, birinchi I shaxs (II shaxs o‘qi), birlik (ko‘plikda o‘qiylik) ma’nolariga ega. Bunday holatni borsa, yozsa so‘zshakllari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1.O‘qi! 2.Shavkat – shoir. 3.Qish;
2) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo‘shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo‘shimcha bilan beriladi: kel – ma – di, kel – ma-y;
3) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo‘shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo‘shimcha bilan beriladi: bor – sa – ng, o‘qi – sa – ngiz, ko‘r – di-mi;
4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r-ma-di-ngiz;
5) kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – sa – ydi – ngiz;
6) kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bo‘laman(A.Muxt.). Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi. (Uyg‘. I.Sult.).


Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish