Mavzu: Эгаning ifodalanishi.
1- variant
1. Aksiga, qor yoqqanini qarang, shu qorda domlaga borish nimasi! (O.) 2. Shu-shu bo`ldi-yu, Sodiqjon yana o`z to`piga qo`shlish, shularning ketidan borish- kolxozga kirish taraddudiga tushdi. (A.Q) 3. Biz hammamiz shuning uchun yashaymizki, berishdan ko`ra, ko`proq olishni o`ylaymiz. (M.G.) 5. Eshikdan kirishim bilan “dadalab” bag`rimga tashlanishi qanday zavqli! (Sh .) 6. Samoda bo`mbalarning ingrashi, portlashlar, uchgan yer ko`maklari. (O.) 7. Bevaning ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g`amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zaminu samo qanday chidar ekan? (T.M.)
2- variant
1. Ana shu qishloqdan bittasi Yorboshi deb atalar ekan. (F.F) 2. Gapiraver, bu yerda begona yo`q. (S.A.) 3. U nima to`g`ri gap bo`lsa, oxirini shu yer islohatiga bog`laydi, Saidiy uchun qancha savollar chiqaradi. (A.Q.) 4. O`ylaymanki, shu yilning kuzida yoq Oltinsoyning o`ng tomonidagi yerlarini o`zlashtiramiz. (Sh.R.) 5. – Kechirasiz, Zaynab endi qayda! – Komila qo`li bilan uzoqlarga ishora etdi. (O.) 6. U vaqt balki g`ami, hasrati ozayar, nima deysiz? (O.) 7. Ona –Vatanga muhabbat, xalq, millat birligi, uning kelajak istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan jo`shib kuyladilar. (Gazetadan.)
3-variant
1. Insonlar ongida ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e`zozlash ustivor bo`lgan. (Gazetadan) 2. Olgan bilim va tajribangiz, odob-ahloq, kasb-hunar bobidagi kamolingiz faqat yaxshilikka, bunyodkorlikka buyursin, avvalo (So`zl). 3. Qizlar urchuq bilan charxda ip yigirish, mato to`qish, liboslar tikishni ham bilishlari lozim. 4. “Avestoda” yigitlar kurash tushishni, chavondo`z bo`lishni, mol boqa olishni chorvani yirtqich hayvon va qaroqchilardan muhofaza qilishni o`rganishlari shartligi aytiladi. (Gazetadan.) 5. Kimga? Bu g’urbatxonada notavon yig`laganlarning, afsus nadomat chekkanlarning dodu faryodini kim tinglaydi, kim? (X.X.)
4-variant
1. K`opga kelgan to`y ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg`in bo`lsa, ajali yetgan o`ladi, ishqilib yolg`izim sog` - omon kelsin! (S.A.) 2. Bu yerda uch to`rt kun turadigan bo`lib qoldim. (A.Q.) 3. Qo`shariq mahallasi guzardan ancha nari, ko`cha ikkita katta-katta ariq o`tadigan daraxtzorga borib taqalgan. (A.Q.) 5. Idoraning butun ishi kolxo`zchilarning nomi, qoramol va ularning soni, ombordan kimga berilganligi yozilgan bitta daftar, yigirmattaga yaqin turli -tuman plakat, yarim qop har xil kitob va gazetalardan iborat. (A.Q.) 6. Oqshom. Hamma tantanali majlisda. (H.G`.)
Do'stlaringiz bilan baham: |