1-variant
1. Sintaksisning asosi - gap haqidagi ta'limot.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqani aniqlang. So’z birikmalarini ajrating: Ayvon chetidagi guldor ustunlar bu yerda nozik did sohibi yashashidan dalolat berib turardi.
2-variant
1. Tenglanish va tobelanish aloqasi. Moslashuv munosabati.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’z birikmalarini tahlil qiling: E’tibor berganmisiz: qaldirg’ochlar fayzsiz, noahil xonadonga hech qachon in qurmaydi.(O’.H.)
3-variant
1. Sintaktik aloqaning turlari: predikativ aloqa va nopredikativ aloqa.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlarning sintaktik vazifasini aniqlang: Oppoq qog’oz yuzida sekin-asta paydo bo’la boshlagan bejirim chehrali bir qiz xayolchan nigohini o’qdek qarab turardi.(N.N.)
4-variant
1.Gap tarkibidagi so’zlar orasida ikki xil sintaktik aloqa (tenglanish va tobelanish)ning mavjud ekanligi.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqani aniqlang: Kampirning hayajonli tovushi chordevordan osha ketdi va bu xushxabar bir zumda hammaga eshitildi. (S.Z.)
5-variant
1. So’z birikmasi sintaktik birlik sifatida.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqani aniqlang: Tepada bir ummon, pastda bir ummon, Ikki dengiz aro kechar lahzalar. (O’.H.)
6-variant
1. So’z birikmasi va sintagmaning bir-biriga o’xshash tomonlari va farqi.
2. Berilgan gapni sintaktik tahlil qiling: Darchaning kichkina ilgagi bo’lib, u har ikki tomondan bemalol ochilar edi. (Sh.S.)
7-variant
1. Erkin va turg’un birikmalar.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’z birikmalarini tahlil qiling: Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko’rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir! (O’.H.)
8-variant
1. Istak gaplar.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqani aniqlang: Suv bo’yidagi yovvoyi yalpizlar ustida uchib yurgan turli-tuman kapalak, ninachilarga ham hayron bo’lib boqar, ba'zan qiyqirib kular, ba'zan qo’rqib oyisining etagiga yopishar edi.(S.Z.)
9-variant
1.Gapning mazmuniy qurilishi.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’z birikmalarini tahlil qiling: Odilov eshikni taqillatdi, hech kim tovush bermadi.(A.Q.)
10-variant
1. Predikativlikning modallik, zamon va shaxs-son kategoriyalari bilan bog’liqligi.
2. Sintaktik tahlil qiling: Qachongacha kimxob choponlar, yog’liq palovlar uchun boylarga zulm pichog’ini qayrab berasiz? (O.)
11-variant
1. Gaplarning kuzatilgan maqsadga ko’ra turlari.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqani aniqlang: Shapaloqday-shapaloqday qirmizi gullar orasida sariq guldasta shu qadar za'faron tus olgan ediki, bu rang o’zga rang oldida nihoyatda nochorligini Malohat ilk daf'a his etdi.(N.N.)
12-variant
1. Tasdiq va inkor gaplarning o’ziga xos xususiyatlari.
2. Berilgan gap tarkibidagi so’z birikmalarini tahlil qiling: Umrixon gazeta-jurnallarni yaxshi o’qiydigan bo’lib oldi-yu, u yog’iga davom ettirolmadi. (S.Z.)
“Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanidan 2- oraliq test savollari:
1. Qaysi qatordagi gap ikki grammatik asosga ega?
A) Ahillik bor yerda temir ham suvga cho'kmaydi.
B) Kampirning ko'zlari allanecbuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
C) Bu shaharda tanish-bilish yo'qligi Mirzayevga shu bugun bilindi.
D) Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan Shahnozani ko'rdim.
2. Qaysi qatordagi gapda fe'l kesim mavjud?
A) Luqmoni hakimning jahli chiqibdi.
B) Debqonning gaplari Luqmonga qattiq ta'sir qilibdi.
C) Boshqa xonada bolalar uxlab qolishibdi.
D) Berilgan barcba gaplarda fe'l kesim mavjud.
3. Qaysi gapda kesim ibora bilan ifodalangan?
A) Dadam qo'li ochiq, quvnoq odam edilar.
B) U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi.
C) Qo'l yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga
D) Ozod yuraklarga baxt nuri to'lgan.
4. Qaysi gapda nomustaqil kesim shakli qo'llangan?
A) Qalb salomat bo'lsa, aql ham, filer ham salomat bo'ladi.
B) Qani til bo'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!
C) Bugundan boshlab aravachilar siz bilan borishsa.
D) Berilgan gaplarning barchasida nomustaqil kesim shakli qo'llangan.
5. Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan?
A) Xonaga Mrgan awal salom beradi.
B) Manzilga mana shu yolldan boriladi.
C) Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak.
D) Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
6. Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?
A) Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
B) Eshik ochiq bo'lsa ham so'rab kir.
C) Dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga borish kerak.
D) Bugun to'garakka borishimiz lozim edi.
7. Qaysi gapda ega qo'llangan?
A) O'zboshimchalikka yo'l qo'yilmasin.
B) Uquvi yo*q har qadamda qoqiladi.
C) Tarbiyachi va o'qituvchi bo'lish uchun chidam bilan o'qiladi.
D) O'zinigina o'ylovchi kishini yaxshi odam deb bo'lmaydi.
8. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo'llangan?
A) To'g'ri yursang murodingga oson yetarsan.
B) Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ocbiq ko'chaga otildi.
C) Bir xotin sabzavotlar solingan xaltasini ko'tarib kelayotgandi.
D) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat.
9. Ravish bilan ifodalangan hoi qo'llangan gapni toping.
A) Uy ichida odam ko'p edi.
B) Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi.
C) Yig'lab-yig'lab inarza olsang, o'ynab-o'ynab sug'orasan.
D) U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi.
10. Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
Ushbu gap qanday gap bo'laklaridan iborat?
A) ega, kesim, ikkita ravish holidan
B) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi, sabab va ravish holidan
C) ega, kesim, ikkita ravish holi va bitta sabab holidan
D) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi va ikkita ravish holidan
Do'stlaringiz bilan baham: |