4-TOPSHIRIQ. Quyidagi sodda gap qoliplari orqali voqelanuvchi tasdiq va inkor gaplarning semantik-sintaktik tuzilishini sharhlang: [I + Fb-li], [I + Fb-siz]. Inkor ifodalovchi grammatik vositalarga tavsif bering.
5-TOPSHIRIQ. Quyidagi tasdiq gaplarda yuzaga kelgan shakl va mazmun ziddiyati sabablarini aniqlang.
1. Bez bo’lgandan ko’ra, ta'sirchanroq bo’lgan ma'qul. (F.Musajonov) 2. Shu ikkitasidan bo’lak qolgan hamma qo’shnilarni Rixsivoy yaxshi ko’rardi. (F.Musajonov) 3. Ammo bu sukunat qiz qalbini tinchitish o’rniga battar dukillatdi. (G’.G’ulom) 4. Koshki men nima kerakligini bilsam. (F. Musajonov) 5. Saodat qilganda edi, tasmadekkina qilib pishirardi. (G’.G’ulom)
Mavzu: Bosh bo`laklar. Кесимning ifodalanishi.
1-topshiriq. Matndagi gaplarning kesimlarini topib, quyida berilgan jadval asosida tahlil qiling .
Misol
|
Kesimlik kategoriyalari
|
Kesimning ifodalanishi
|
Tuzilishi
|
Tasdiq -inkor
|
Mayl
|
Zamon
|
Shaxs-son
|
Ot - kesim
|
Fe`l - kesim
|
|
|
|
|
1-variant
Beruniy ulug` donishmandlarda chuqur ilm va o`tkir zakovatdan tashqari qandaydir nozik bir tuyg`u bo`lishini bilardi. Ibn Sinoda bu noyob tuyg`u ayniqsa kuchli ekanini Beruniy birinchi daqiqalardanoq sezdi. Nazarida, Ibn Sino ko`zini yumganicha, xastaning bilagini ushlab, uzoq sukutga tolarkan, faqatgina betobning tomir urishlari emas, balki o`z dilidagi tuyg`ularga hamquloq solardi. So`ng suhbat yana koinot haqidagi azaliy va serjumboq savollarga burilardi. Zotan, ularni ayniqsa yaqinlashtirgan narsa ham shu serjumboq savollar, ikkisini ham ko`pdan beri qiynab kelayotgan teran falsafiy o`ylar bo`ldi: Olam ne? Hayot ne? Yaratguvchi ne? (O.Yoqubov “Ko’hna dunyo”.)
2-variant
A.Qahhor odamlar xarakterini ularga xos nutq vositalari orqali ochishga g`oyat usta. Uning qahramonlari muhiti, kasb-kori uchun xarakterli bo`lgan tilda so`zlashadilar, ular nutqi hayot tajribalarini, intellektual saviyalari darajasini ifodalaydi. O`zini madaniy, bilimli odam deb hayol qiluvchi nodon san’atkor so`zlarni buzib ashula aytadi, u «bo`sa» so`zini «bo`lsa»ga aylantirib yuboradi.
Buning ustiga, mazkur ashulachi «-ning» qo`shimchasini ishlatishga ishqiboz: «-ni» o`rniga hamma vaqt «-ning» ishlatadi. Bu esa unga bilimdonlik alomati bo`lib tuyuladi. Adabiyot muallimi Boqijon Baqoev na o`zbek va na rus adabiyoti sohasida aniq bir bilimga ega emas. U minimum, maksimum kabi bir qancha ajnabiy so`zlarni va «burjuaziya realizmi obyekti», «burjuaziya realistlari aks ettirgan obyektiv voqelik» kabi bir necha iboralarni biladi, xolos. (O.Sharafiddinov)
3-variant
1. Shu tobda, hozirning o`zida safarga otlangisi keldi. (S.A.) 2. O`z bolasining fe`lini ona bilmasa, kim biladi! (H.G`.) 3. Professorning o`ziki uni ataylab kutib o`tirgan ekan…(O`U.) 4. Nimangiz boru, nimangiz yo`q, ayting, o`zingiz eplashtirasizmi yo odam chaqirtiraymi? (S.A.) 5. Kim biladi yigit bilan qiz yolg`iz o`tirishsa… (O.) 6. O`zi kim, nima tirikchilik qiladi, unisiga e`tibor qilmagan ekanman. (S.A.) 7. Milliy mafkura jahonda o`zimizning munosib o`rnimizni topishimizga xizmat qilishi kerak. (Gazetadan)
4-variant
1. Manzura erining ko`ziga biron marta bo`lsin tik qaramagan, biron marta bo`lsin ishiga aralashmagan, “nima qilyapsiz, pulni qayerdan olayapsiz”, demagan. (T.M.) 2. Tag`in ba`zibir birodarlarning ko`ngliga so`z kelmasin. (G`.G`.) 3. Qancha sevmasin, yuragi qancha achinmasin, qizni unitishga, undan umidini uzishhga tirishar edi. (O.) 4. Yoshlikning topilmas fazilati shuki, odam hech narsadan qo`rqmaydi. (O`.U.) 5. Akasining qaysi gapi jo`ra boshiga Yoqmadi- u eslolmadi. (T.M.) 6. Jiyan, aqling bo`lsa, kishining bir tiyiniga hiyonat qilma. (O.) 7. Bizning matbuot ham, radio hamma-hammasi mana shunga qaratilgan bo`lishi kerak. (A.Q.)
5- variant
1. O, gumrohlar, gumrohlar! Kamina go’yokim Eron bilan Turonni bir-biriga qarshi qo’ygan emishmen! (O.Yoqubov) 2. Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat - salomat tushurtirgan va birinchi daf’a yo’rgaklagan kampir hazilkashligi va sho’xligi bilan xotin-xalaj o’rtasida dong chiqargan Hamro enaymish. (Cho’lpon) 3. – So’zlang, begim, qulog’im sizda! (Gaz.) 4. Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo’lib tushdingiz? (Cho’lpon) 5. Umuman, so’fining bu bobda o’ziga ko’ra asosli bir maslagi bor. (Cho’lpon) 6. – Ofarin! Shu betavfiqlarga qo’shilib siz ham keldingizmi? (Gaz.)
Do'stlaringiz bilan baham: |