Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua


Мавзу: Ikkinchi darajali bo`laklar. Тўлдирувчиning ifodalanishi



Download 4,03 Mb.
bet160/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

Мавзу: Ikkinchi darajali bo`laklar. Тўлдирувчиning ifodalanishi
1-topshiriq. Matndagi gaplardan тўлдирувчиlarni toping va quyidagi jadval asosida tahlil qiling:



Misol

Gap bo`lagi

Turi

Ifodalanishi

Гапнинг туzilishiga ko`ra turi
















1 –variant
1. Bilmadim, tuman tarqaldimi, oy chiqdimi, bobomning yuzi yorishganday bo`ldi. (O`.X.) 2. Yong`oqdan yasalib, naqshu nigor o`ymakorlik ila jilo berilgan darvoza qarshisida bir zum nafas rostlab asta qo`ng`iroq tugmasini bosdim. (H.S.) 3. Sen avval shartimga roziligingni ayt. (T.M.) 4. Yo`lovchilar ham nonni olib, pulini savatga tashlab ketishar ekan. (A.I.) 5. Abdullatif otasining ketidan quvmadi, uch kun Sherozda qolib ketdi. (B.A.) 6. Inobat qizishib ketib, pisandaga o`tganini endi payqadi. (O.Y.) 7. Ona purhikmat, shirinsuxan bir inson! (Gazetadan)

2 –variant

1. Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho`zilib tugunni oldi. (O.Y.) 2. Gulsum opa o`tirishini ham, chiqib ketishini ham bilmay, lol bo`lib turgan edi. (O.Y.) 3. To`satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo`ldi. (O.Y.) 4. U har uch qadamda bir to`xtab nafasibi rostlay-rostlay tepaga zo`rg`a yetdi. (O.Y.) 5. Mashhur qora qashqa ayg`irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdida dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. (O.Y.) 6. Uning ko’nli shod, ko`ksida hasrat emas, yorqin umidlar yonadi. (O.) 7. Baliqning tirikligi suv bilan. (Maqol)


3-variant

1. Yo`lchi mehmonlardan uzoqda, qo’rg`on ichidan oqib chiqayotgan ariq labida, daraxtga suyanib cho’nqaydi. (O.) 2. Bektemirga, sobiq sodda cho`ponga, komandirning fikri g`oyat yoqdi. (O.) 3. Bektemirov ertalab, soat o’nlarda, to’g`ondan qaytib keldi. (S.A.) 4. Navbatchi hamshira — sochi oq semiz xotin — Saidakbarning kelganini aytdi. (A.M.) 5. Zabardast o’zbekman - paxtakor mag`rur. (G`.G.) 6. Shaharning darvozaboni, ya’ni qo’shin boshlig`i, Bahodir edi. (O.) 7. Domlaning, Obid Yunusovning, yaxshi nasihatlarini eshitib o’tirib, bir voqea esimga tushib ketdi. (O.Y.)



4-variant

1. Men ko`p narsalarni kutaman, ammo tilshunoslik, chet tillar - g`arb va sharq tillari - folklor kafedralari, butun jahon adabiyoti tarixi kafedrasi tashkil qilishni juda ham zarur deb hisoblayman, dedim. (M.G.) 2. O`ng tomonda, taxminan yuz metrcha narida, bizning minomyotlarimiz tilga kirdi. (H.G`.) 3. Komendant - chakkalari oqara boshlagan polkovnik - konvertdagi adresni ko’rdi-yu, yordamchilaridan birini boya “to`xtatib turing” deb javob qilgan leytenantni chaqirdi. (H.G`.) 4. Mulla Abdurahmon Qo`qon safariga hozirlanarkan, ko`ngli Qo`qonda kutib turgan ulamolik shuhratiga - muftilik, qozi va a’lamlik mansabiga intilar edi. (A.Q.) 5. Hozirgi imomimiz - Mulla Abdurahmon bundan yigirma yillar muqaddam qisqagina, ahamiyatsizgina Rahmon ismi bilan atalar edi. (A.Q.) 6. Mulla Abdurahmonning sovchilari boshlab Solih Mahdumning qizi - Ra’no uchun bordilar. (A. Q.)





Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish