Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua



Download 4,03 Mb.
bet162/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

Mavzu: Uyushiq bo`laklar.
1- topshiriq. Uyushiq bo`lakli gaplardagi umumlashtiruvchi so`zlarning tagiga chizib, ularning ifodalanishi, o`rnini, ularda tinish belgilarining qo`llanilishini izohlang.
1-variant

1. Lekin Mahdum ba’zi narsalar bilan oshxonani yaxshigina mo’liqdirar, masalan: shalg’om, qovoq, lavlagi. (A.Q.) 2. Umrini, mehrini, mehnatini bolalariga ulashib yurgan bu kampir, nuragan, jimjit uyi bilan bir kungina sirlashib, o’chgan xotiralariga chiroq yoqib kelishni kanda qilgan emas. (S.Z.) 3. Mana, Husaynning do’sti amir keldi, u bir mullaning o’g’li; orqasidan qo’shni savdogarning o’g’li, aka-ukaning mushtarak do’sti, yuzlari sepkilli sariq Suri kirib keldi. (V.S.) 4. Haqiqatan, sal orqaroqda non solingan yelim xalta tutgan nozikkina, ko’hlikkina qiz, yerga boqqan ko’yi, oshiqmay kelardi. (N.N.) 5. U, dong’i ketgan xo’jalikning mashhur rahbari, shu taxlitda - tizzalari ko’ziga qo’llarini tirab o’tirishini ko’p ko’rgan, taassub qilishdan aslo o’zini tiyolmasdi. (Sh.B.)


2-variant
1. Berkinboy juvondan oshxonani, qozon-tovoqlarni ko’rsatib qo’yishni so’radi. (Sh.B.) 2. U ertalabdan bog`ga - har kuni o’rtog’i bilan uchrashadigan joyga oshiqardi. (So’zl.) 3. Komila yarim kechagacha yig’ishtirish, yuvish, ichkilik hidi biqsigan uyni shamollatish bilan ovora bo’lardi. (S.Z.) 4. Bu sevinchdanmi, azobdanmi, g’azabdanmi, o’zi bilolmas, tiliga gap kelmasdi. (S.Z.) 5. Rejalashtirilgan ishlar uch kundan so’ng: bayram tantanalari tugagach amalga oshiriladi. (Gaz.) 6. Xorazmshohlar davrida behad gullab yashnagan, ya’ni go’zal obidalari, san’at koshonalari va nafis adabiyoti bilan dong taratgan, Xorazm Muhammad Rahimxon davriga kelib qaytadan jamol ko’rsata boshlagan edi. (O’.H.)

3-variant

1. O’t balosi, suv balosi, tuhmat balosidan asrashni so’rab, yuziga fotiha tortdi. (O’.H.) 2. Muborak torgina zinadan ikkinchi qavatga - Elmiralarning uyiga chiqdi. (S.Z.) 3. Siniq oynak, ustara olib chiqdi. (Sh.B.) 4. Polda yaltirab, sochilib yotgan soatga qarab turib, Marg’uba xomush tortdi. (S.Z.) 5. Orada, sizning gapingizga kirgan men axmoq, degan ma’noda ortiga, qop-qorong’u daraxtzor qo’yniga zarda ila qarab-qarab qo’yardi. (N.N.) 6. Xolmurodning oldida past bo’yli, qorachadan kelgan, dumaloqqina kampir turardi. (S.Z)


4-variant

1. Asrasang, sog’ yursa o’zingga foyda. (S.Z.) 2. U qaynanasini quchoqlagisi, o’pgisi, ko’kragiga bosh qo’yib, erkalangisi kelardi. (S.Z.) 3. Uyga kirib kelgan qiz - Risolat, Azim boboning kenja qizi, judayam pazanda. (So’zl.) 4. Sharif hatto o’zi nechanchi kostum, nechanchi tufli kiyishini ham bilmaydi. (S.Z.) 5. Kechqurun, poda qaytar mahali, qishloqda ajib sukunat hukmron bo’ladi. (Sh.B.) 6. U do’stining ko’nglida, vijdonida, yana-da aniqrog’i, qiz bilan yigitning oralig’ida edi. (N.N.)


5-variant

1. Pastda, so’ri ostida, Yo’ldoshev bilan so’zlashayotgan O’ktam yalt etib orqasiga, g’archillagan eshikka qaradi. (O.) 2. Mahdumning hamma nuqsonini yuvib ketarlik bir jumladan so’ng yana o’z ishimizda bo’lamiz: nima bo’lganda ham Mahdum o’z zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qo’qon aksariyatining savodxon bo’lishlariga sababchi ustozlaridan, hatto ulug’ xizmatlariga kishi yetishtirib beruvchi nodir muallimlardan edi. (A.Q.) 3. Shahnoza zinalardan tushib borarkan, vujudida allaqanday loqaydlik, karaxtlik sezdi. (O’.H.) 4. Bir mahal ko’zini ochsa, tepasida Muxtabar opa, Dilya, Rustam turishibdi. (O’.H.) 5. Mutal qayerda-dashtdami, cho’ldami, shahardami yo’qotganini surishtirib o’tirmaydi. (M.I.)




Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish