Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet70/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

birinchi yo'naiish — narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizla- nish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
ikkinchi yo'naiish - Respublikaning ichki iste'mol bozorini hi- moya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish;
uchinchi yo'naiish — islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qoilab-quv- vatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalq- ning uzoq yillar davomida qaror topgan ma'naviy axloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha yo'nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'sib o'tishiga qaratildi. Bu islohotlar O'zbekistonning mustaqilhgini iqtisodiy jihatdan ta'minlash, uni iqti­sodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro'-e'tiborli mam- lakatga aylantirishga xizmat qildi, «Mamlakatimizda amalga oshirilayot­gan bozor isiohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkiniashtirish jarayonlari ko'plab nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib baholanmoqda. Misol uchun, har yili dunyoning 162 ta mamlakati bo'yicha iqtisodiy erkinlik indeksini e'lon qiladigan «Nasledie» fondi xalqaro reyting agentligining bu boradagi xulosasi e'tiborga sazovor. Bu tashkilot 2000-2007-yfflarda O'zbekistonda erkiniashtirish indeksi 18 punktga yaxshilanib, 53 foizni tashkil qilganini e'tirof etadi. Hech shub- hasiz, bu ko'rsatkich milliy iqtisodiyotimizni erkiniashtirish sohasida sezilarli darajada rivojlanishga erishganimizdan dalolat beradi»'.
6.4. O'zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati
Ma'lumki, har qanday darajadagi islohot mavjud tartib, shart- sharoitlar, vaziyat, tarkib topgan muvozanatning o'zgarishiga ohb keladi. Butun jamiyatning isloh etilishi, ya'ni uning eski — noto'g'ri asosga qurilgan, istiqbolsiz tizimidan butunlay yangi — ijtimoiy bozor mu­nosabatlariga asoslangan, demokratik va huquqiy jamiyatga o'tilishi esa juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shunga ko'ra, jamiyat a'zolari to­monidan mazkur islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish, ularda faol ishtirok etish uchun ularning «hayot falsafasi» ham o'zgarishi lozim. Bu esa islohot jarayonlarining sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirihshini taqozo etadi. Qolaversa, taraqqiyotning yuqori bosqichlariga erishish uchun islohotlarning ma'lum quyi darajasi nav­batdagi yuqori, murakkab darajasi uchun maxsus shart-sharoit, zamin- ni tayyorlashi lozim. Shunga ko'ra, Prezidentimiz I.Karimov to­monidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning o'ziga xos modelidagi muhim tamoyil - bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich va izchil ravishda o'tish, ya'ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish hisoblanadi. Ana shu modeldagi «bosqichma-bosqich» tamoyilining real hayotdagi ahamiyati shunda bo'ldiki, uni amaliyot- da qo'llash bir tomondan, o'tish davri muammolarini hal qilishda mamlakatimizning imkoniyati va xalqimizning o'ziga xos xususiyat- larini hisobga olgan holda ularni yangi yuzaga kelgan shart-sharoitlarga «moslashtirib borish» orqah islohotlarni izchillik bilan amalga oshi­rish; ikkinchidan, o'tish davrida davlat va boshqaruv tizimini mam- lakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning dunyoqarashi va ijtimoiy hayotida sodir bo'layotgan o'zgarishlarga mos ravishda uni demokratik asosda shakllantirish; uchinchidan, «bosqichma-bosqich» tamoyilining qo'llanilishi mamlakatimizda boshqa bir qator mam­lakatlar o'z boshidan kechirgan ichki sotsial ziddiyatlarning kucha- yib ketishining oldini olish; to'rtinchidan, mamlakatda mavjud boigan muammolar kompleksi ichidan birinchi navbafda hal qilinishi zarur bo'lgan asosiylarini belgilab olish, ularni hal qilish uchun barcha kuchlarai yo'naltirish imkoniyatlarini berdi.1 Umuman olganda, inam- lakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning har bir yo'nalishi ham amalga oshirilgan chora-tadbirlarning bosqichliligi bilan tavsiflanadi. Jum- ladan, mulkiy munosabatlarni isloh qilishda mulkni davlat tasarrufi­dan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari kichik, o'rta va yirik kor­xonalar bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Agrar sohadagi islohotlar esa ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan davlat xo'jaliklarini dastlab jamoa xo'jaliklariga, so'ngra shirkat xo'jaliklariga aylantirish, keyinchalik muayyan shart-sharoitlar, zamin tayyorlangandan so'ng, ularni fermer va dehqon xo'jaliklariga aylan- tirishdan iborat bo'ldi. Narx islohoti ham narxlarni erkinlashtirishning bir necha bosqichlarini o'z ichiga oldi: dastlab keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo'lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste'moli mollari narxi erkinlashtirilib, aholining kundalik ehtiyojida muhim o'rin tutuvchi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining che- garasi davlat tomonidan belgilab qo'yildi. Keyinchalik, milliy ishlab chiqarishning o'sishi va iqtisodiyotning barqarorlashishi bilan deyarli barcha tovarlar narxlari erkinlashtirildi.
Yangi XXI asrning boshlariga kelib, Prezidentimiz I.A. Karimov mamlakatimizdagi islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlari — mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkiniashtirish, jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, yu­qori malakali kadrlar tayyorlash, xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash, jamiyat- dagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhad- larimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashni belgilab berdi. Har bir yo'naiish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olinib, izchil ravish­da hayotga tatbiq etildi.
2007-yilning 30-avgustida Prezidentimiz Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devoni- ning O'zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag'ishlangan qo'shma majlisidagi ma'ruzasida Respublikamizning bosib o'tgan mustaqil taraq­qiyot yo'li va oldimizda turgan vazifalarning ma'no-mohiyati va aha­miyati haqida so'z yuritib, bu yo'lni alohida ikki davrga ajratish to'g'ri bo'lishini ta'kidlab o'tdi. Bu davrlarning har biri mamlakatimiz tarixida o'ziga xos va o'ziga mos muhim o'rin egallashini bildirdi.
Jumladan, dastlabki bosqich 1991-2000-yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o'tish davri torn ma'noda tarixiy ahamiyatga egaligi e'tirof etildi. Bu bosqichda o'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog'liq quyidagi dolzarb va muhim vazifaiar belgilanib, amalga oshirildi:

  • eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijti­moiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;

  • siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish strategi- yasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy o'ziga xos xususiyatlari ni hisobga olgan, mamlakatimizning mavjud tabiiy- iqtisodiy, mineral-xomashyo va insoniy salohiyatini xohsona va jiddiy baholagan holda, jahon xo'jalik aloqalari tizimida o'ziga munosib joy egallash maqsadiga erishish;

  • Asosiy qomus — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish;

  • davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan tizimiga barham berish, mustaqil O'zbekistonning yangi siyosiy va dav­lat tuzilishi asoslarini, awalo qonunchilik tizimini shakllantirish, mar- kazda va joylarda vakolatli hokimiyat organlarining yaxht tizimini tashkil etish;

  • tub ma'muriy islohotlarni amalga oshirish, jumladan: markaz­lashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari boigan Davlat reja qo'mitasi, Davlat ta'minot qo'mitasi, Davlat narx qo'mitasi, Davlat agrosanoat qo'mitasi va ko'plab tarmoq vazirliklarini tugatish, mahalliy hokimiyat organlarini qayta tashkil qilish — viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini joriy etish. Mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organi tizimi — mahalla institutini rivojlantirish va mus- tahkamlash;

  • sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta'minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllan­tirish;

  • qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitli- gi, konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tarti- bini ta'minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;

  • mamlakatimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mustaqilligiga eri- shishdan iborat strategik vazifani hal etish;

  • bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi insti- tutlarini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mexanizmini ishga tushirish;

  • bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank ti­zimini shakllantirish, milliy valutani muomalaga kiritish;

  • kuchi i ijtimoiy siyosat yuritish va aholini hirnoya qiiishning sama­rali mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;

  • mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;

  • tashqi siyosat vadiplomatikxizmatni shakllantirish vah.k. Belgilangan vazifalarning izchil va samarali amalga oshirilishi nati­jasida o'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida bir qator salmoqli va ahamiyath natijalar qo'lga kiritildi (6.1-chizma).

6.1-chizma


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish