Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichining muhim dasturiy vazifalari



Download 61,19 Mb.
bet72/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichining muhim dasturiy vazifalari


Mazkur bosqichning mazmuni, vazifalari va ahamiyatini yanada chuqurroq anglab yetish uchun uning asosiy belgisi bo'lgan iqtisodiy­otni jadal isloh etish va modernizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo'nalishlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


6.5. Mamiakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik pa- latasining 2005-yil 28-yanvardagi qo'shraa majlisi mamlakatimiz taraq- qiyotida yangi tarixiy bir davrni boshlab berdi. Unda Prezidentimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasi, mamiakatni modernizatsiya va isloh etishning asosiy vazifalari to'g'risida ma'ruza qilib, ushbu ma'ruza asosida «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam­iakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi» qabul qilindi.1
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar- ning tahhli shuni ko'rsatadiki, qo'lga kiritilayotgan yutuq va muvaffa- qiyatlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o'rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko'ra, hozirda modernizatsiya jarayoni­ning nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng awalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat iug'atlarda unga qu­yidagi mazmundagi ta'rif beriladi: «Modernizatsiya — obyektni yangi­lash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me'yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko'rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashi- na, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi»2. Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga tor ma'nodagi yondashuv bo'lib, bugungi kunda uning keng ma'nodagi mazmuni tobora dolzarb aha­miyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya — an'anaviy jamiyatning ilg'or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta'minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik sotsiologiyada mazkur atama E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruv- chi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Veber esa modernizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali xo'jalik subyektlari o'z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modernizatsiya jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy o'zgarishlarning impulsi bo'lib xizmat qiluvchi asosiy, «o'zak» iqtisodiyotlarga nisbatan teng huquqli mavqega erishishni anglatadi3. Modernizatsiyaning keng ma'nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureev uning neoklassik va keynscha tal- qinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modern izatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash sifatida yondashil- sa, keynschilar tomonidan, eng awalo, xo'jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o'zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki o'ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo'yiladi. Xo'jalikning zamonaviy tar- moqlarining mavjud boimasligi taraqqiyotning asosiy to'sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi1. Umuman olganda, modernizatsiya an'anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik mashinaiashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o'tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada modernizatsiya deganda «an'anaviy taizdagi yopiq jamiyat»ga qarama-qarshi o'laroq «zamonaviy ochiq taizdagi jamiyat»ni shakllantirishga ohb keluvchi industriyalashtirish, sekulyarlashtiiish, urbanizatsiya, umumiy ta'lim, va- kolatli siyosiy hokimiyat tizimlaiining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlarning majmui tushuniladi.
Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi:

  1. ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va tur- mush tarzining o'zgarishi — ixtiloflanii tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolami hal etuvchi yangi tartib va mexankmlarning paydo bo'lishi;

  2. alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;

  3. iqtisodiyot sohasida — tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada yoyilishi, yangi ilg'or texnologiyalarning paydo bo'lishi, boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi;

  4. ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi — immobil tabaqalashgan jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqo- batga asoslangan jamiyatga o'tilishi.

Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida, shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko'rsatish mumkin:

    1. uning majmuaviyligi, ya'ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi;

    2. uning tizimiyligi, ya'ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o'zgarislii boshqalarining o'zgarishiga ohb kehshi.

Masalan, madaniy va siyosiy o'zgarishlar iqtisodiyotdagi o'zgarishlarga olib keladi va aksincha;

    1. uning global tavsifi — u dastlab bir necha ilg'or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;

    2. uning davomiylik tavsifi - modernizatsiya qisqa davrda ro'y ber- maydi, balki u bosqichlarga boiinadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo boiishi, o'zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);

    3. tabaqalashganlik tavsifi — modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro'y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an'analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo"jizasi»), G'arb va yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to'liq voz kechishni taqozo etmaydi.1Ba'zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e'tibor qarati- ladi. Masalan, an'anaviy jamiyatdan zamonaviy (modernity) yoki in­dustrial jamiyatga murakkab o'tish jarayonining tarkibiy qismi boigan siyosiy modernizatsiya ajratilib, uning mazmunini umumiy tizimiy o'tishning ajralmas tarkibiy qismi sifatidagi siyosiy tizimning o'zgarishi tashkil etishi ta'kidlanadi.

Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modernizatsiya jarayo­nining quyidagi asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib ko'rsatadilar:

      1. siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan taba- qalashuvi — ya'ni, qat'iy ravishda belgilangan vazifalarni bajaruvchi hamda o'zaro bogiiq va o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi yangi siyosiy institut- larning qaror topib borishi (masalan, ijro hokimiyati tarkibida yangi yo'nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi);

      2. siyosiy tizimning safarbarlik qobiliyatlari, ya'ni uning turli-tu- man (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish qobiliyatlarini oshirish hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga erishish tomon yo'naltirish;

      3. siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda kom- munikatsiya, sotsializatsiya va mobilizatsiyaning yangi vositalaridan foy­dalanish hisobiga inqirozlarni bartaraf etish qobiliyatlarini oshirish;

      4. siyosiy tenglik tomon sezilarli darajada Harakat qilish, ya'ni fu- qarolarning siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma'muriy, milliy va h.k.) cheklovlarni sekin-asta tugatib borish.2

Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo'lib, bu- gungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg'or andozalar tomon yo'naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimiz Prezidenti LA. Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28- yanvardagi qo'shma majlisidagi ma'ruzada mamlakatni modernizatsiya- iash va isloh etishning ustuvor yo'nalishlari hamda mazkur yo-nalishlar doisasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalar orqah yaqqol namoyon bo'ladi. Jumladan:


        1. Download 61,19 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish