Milliy taraqqiyotimizning dastlabki bosqichida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali erishilgan natijalar
Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lidagi tadbirlarning ahamiyatli ekanligiga baho berib, Prezidentimiz quyidagilarni ta'kidlaydilar: «Iqtisodiy rivojlanish haqida gapirganda, markazdan rejalashtirish va taqsimlash tizimi samarali mehnat, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, tashab- buskorlik va tadbirkorlik yo'lida asosiy g'ov-to'siq bo'lib kelganini ta'kidlash lozim. Shu sababli o'zining mutlaqo yaroqsiz ekanini ko'rsatgan bu tizimning barcha-barcha illatlaridan butunlay voz kechganimiz ayniqsa printsipial ahamiyatga ega bo'ldi»'.
Ikkinchi bosqich 2001-yildan 2007-yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olib, u Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar va mamiakatni modernizatsiya qilish davri deb nomlandi. Ushbu davrda quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
o'tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida obyek- tiv zarurat bo'lgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o'tishga erishish;
mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, awalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo'jahk va obodonlashtirish ishlarini moliya- lashtirish, odamlarni ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o'tkazilishi;
sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo'yicha yangi konsepsiyaning hayotga tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada, faol demokratik yangilanishlar va mamiakatni modernizatsiya qilish davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayo- timizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishtii ta'minlashda g'oyat muhim natijalar qo'lga kiritildi.
Milliy taraqqiyotimiz yo'lida bosib o'tilgan tarixiy dovon mamlakatimizda yangicha fikrlaydigan, o'z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq holda ko'radigan yangi avlod vakUlarimng hayotga kirib kelishi ushun har tomonlama mustahkam zamin tayyorladi. Bu esa mamlakatimizda amalga oshi- rilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir1. Eng tnuhimi, hali milliy taraqqiyotimiz ikkinchi davrining o'z man- tiqiy yakuniga yetmaganligi, balki mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qiiishning yangi davri — milliy taraqqiyotimizning keyingi bosqichi izchil davom etayotganidir.
Prezidentimiz o'z ma'ruzasida ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalarini belgilab berdi (6.2-chizma). Bundan ko'rinadiki, milhy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va moder- nizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz — ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.
6.2-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |