Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning va- kolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas'uliyatini yanada oshirish;
mamlakatning Oliy qonunchilik organi - ikki palatali Parlament- ni shakllantirish;
hokimiyatning asosiy bo'g'ini va davlat tayanchi bo'lgan o'zini- o'zi boshqarish organlari — mahalla, mahalla qo'mitalari va qishloq fuqarolik yig'inlariga keng imkoniyatlar berish orqali ularning vakolat- larini oshirish va faoliyati hamda rolini amalda kuchaytirish;
mamlakat istiqboli bilan bog'liq bo'lgan hamda davlat ahamiyat- iga doir muhim qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat ko'rsatayotgan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining roli, ishtiroki hamda ta'sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar.
Sud-huquq tizimi islohoti sohasida:
sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishni davom ettir- gan holda uning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida yanada tako- millashtirib borish;
prokuratura tizimining ayrim huquq va vakolatlarini sudlarga o'tkazilishini ta'minlash va boshqalar.
Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida:
ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish;
matbuot, radio-televidenie faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishlari va erkinligini amalda ta'minlash;
ommaviy axborot vositalarining nodavlat shakllari yaxlit tizimini yaratish, ularning' iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga hamda tezkor axborotlarni olish va xalqqa yetkazish masalalarida erkinlikni oshirish;
jamiyatda ommaviy axborot vositalarini erkiniashtirish orqali fu- qarolar sog'lom fikrlari va g'oyalarini ayta oladigan «erkin so'z», «erkin fikr» minbariga aylantirishga erishish va boshqalar.
Tashqi siyosat sohasida:
mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash;
global muammolardan biriga aylangan xalqaro terrorizmga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish;
diniy ekstremizm va narkoagressiyaga qarshi keskin kurash olib borish;
boshqa mamlakatlar bilan tashqi integratsiyajarayonlarini yanada rivojlantirish;
Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat berish;
jahonning yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy tuzilmalari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqalar.
Iqtisodiyot sohasida:
mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chu- qurlashtirish;
iqtisodiyotning turli sohalarini erkiniashtirish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o'tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma'muriy-taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay voz kechish;
xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini ta'minlash;
davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko'proq cheklash;
kichik biznes va fermerhkni rivojlantirishga e'tiborni qaratish;
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug'ullanuvchilar faoliyat ko'rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag'batlantirib borishni tashkil etish;
soliq tizimini yanada takomillashtirish;
soliqqa tortisli borasida qo'shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta'minlash va boshqalar.1
Yuqoridagilardanko'rinadiki, modernizatsiyalashjarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo'nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o'rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqiror va samarali amal qilishini ta'minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar, jahon bozori konyunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bogiiqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o'zgarishlarga chambarchas bogiiq. Ya'ni, barcha soha va jabhalar o'rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari- ning amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta'minlashga harakat qilish lozim. Shu o'rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat ha&bir a'zosining ongliligi va mustaqilligini oshirishdagi o'rniga alohida e'tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modernizatsiyalash eng awalo ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ularni amalga oshiruvchi va doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a'zolari dunyoqarashi, ta- fakkurining o'zgarishi, ularning demokratik va tub islohot jarayonla- ridagi faolligi oshishiga bevosita bogiiqdir.
Xulosalar
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyo- satga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
O'tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarning qaytarihb turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud boigan turli kuchlarning kurashi va o'zaro ta'siri), muqobil- lik (islohotlar va rivojlanish yo'llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo'qohb ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tishda tanlagan yo'li — o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yoidagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qna-shuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta- sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo'jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma'naviy-axlo- qiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo'g'ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgartirishdir, chunki shu orqali ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o'tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valutani mus- tahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O'tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamlari tomonidan qo'llab-quwatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy yo'naltirilganligidir.
Milhy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz — ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi. Modernizatsiya juda keng tushuncha bo'lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg'or andozalar tomon yo'naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |