Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish



Download 101 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi101 Kb.
#204543
Bog'liq
3-seminar


DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
O‘zbekistonda haqiqiy demokratik prinsiplar va milliy manfaatlar asosida faoliyat yuritadigan ikki palatali professional parlament faqat mustaqillik davriga kelib shakllandi. Keyingi o‘n yillikda, bosqichma-bosqich ravishda parlamentga yangidan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalqimizning huquqiy madaniyatini o‘sishi, siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi o‘laroq qonun chiqaruvchi hokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni o‘zida mujassamlashtirib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni xal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.

Harakatlar strategiyasida Prezident SH.M. Mirziyoev ilgari so‘rgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 1012 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati or­ganlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq, deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatmanavbat namunaviy xalq deputat­lari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarining xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashti­rish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tiborga molik.1 Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangai darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi»2.

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93,96 va 98moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.

2014 yil 5 mayda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati haqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining (axborotdan foydalanuvchilarning) keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

Qonunning asosiy vazifalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarni olishga bo‘lgan huquqni kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. SHunday qilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni xalq extiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubxasiz, pirovardida davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga, dav­latning jamiyat manfaatlariga yanada ko‘proq xizmat qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi.

YUrtimizda mustaqillik yillarida har bir yilni ma’lum bir maqsadda alohida nom bilan atash an’anasi shakllandi. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.



PM.gov.uz portali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2016 yil 23 dekabrga qadar Bosh vazir) virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligidan dalolatdir3.

Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berilgan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshsarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. (O‘zbekiston Resnublikasi Konstitutsiyasi, 32-modda)

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk faylasuflar ham asoslab berishgan. Masalan, Aristotel o‘zining asarlarida xalqning mansabdor shaxslar va xukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy barqarorligi hamda gullabyashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan.

Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining mavjud qonunlarga mosligini tekshirishdan iborat. Jamoatchilik nazo­ratining sub’ektlari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, mahalla va boshqa jamoat birlashmalari hisoblanadi.

Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakli bo‘lib, u rivojlangan mamlakatlarda XX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Insoniyat tarixida qilingan eng ulkan ijtimoiy ixtirolardan biri ijtimoiy sheriklikdir. Bu ixtiro kashf etilguniga qadar insoniyat tarixida isyon va qo‘zg‘olonlar, ijtimoiy taranglik va qonli oqibatlar bilan tugagan larzalar tez-tez yuz berib turdi. Ijtimoiy sheriklik nazariyasining vujudga kelishi va ijtimoiy amaliyotga tadbiq etilishi larzalarning keskin kamayishini ta’minladi. Insoniyat tarixida ana shunday buyuk rol o‘ynagan nazariya mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekistonda ham jamiyat hayotiga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. SHuningdek, 2018 yilning 1 dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ommaviy axborot vositalari demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos ulchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik tarakkistni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi. Ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo‘lgan takdirdagina ijtimoiy-siyosiy jarayonlar to‘g‘risidagi haqiqat ifoda etilishi mumkin. Binobarin, ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlash va shu orqali muammolarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilish, odamlarning erkin fikr bildirishlari uchun keng yo‘l ochib berish jamiyatni erkinlashtirishning asosiy tamoyillaridan biridir. Ommaviy axborot vositalari tom ma’noda «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilmas ekan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari kabi ta’sirchan kuchga aylanmas ekan, demokratik islohotlarning kechishi qiyinlashadi.

«Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efirkabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot ttimщ shupingdek, doimiy pomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar omma­viy axborot vositalaridir».

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlar qilindi. «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to‘g‘risida», «Jurnalistlarning kasbiga doir faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi, Milliy matbuot markazi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va kullab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Boshqacha aytganda, respublikamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining zarur huquqiy bazasi va ularni erkinlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Demak, avvalo, ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo‘lishi kerak. Bu ular davlatdan mutlaqo mustaqil bo‘lib, alohida shaxslar qo‘liga o‘tib ketishi kerak, degani emas. Gap mustaqillikning eng yuksak darajasi ichki mustaqillik haqida bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining bunday mustaqilligi jurnalistlar ijodining erkinligi, mavzu tanlash va fikr berishdagi mustaqillikda namoyon bo‘ladi. Bunda jurnalistning ma’muriy immunitetga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. YA’ni, jurnalistning material tayyorlashda uz rahbariyatidan mustaqil bo‘lishi hamda o‘z ijod namunalari uchun faqatgina uning o‘zi mas’uliyatli va javobgar bo‘lishi talab etiladi. SHundagina jurnalistning ijodiy faoliyatini faqatgina ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor qonunlargina cheklaydi, xolos. Ish joyida jurnalistlarni faqatgina ijodiy jarayonga aloqasi bo‘lmagan xatolari uchungina jazolash mumkin bo‘ladi. Ijodidagi xatolari kimningdir qadrkimmatini, sha’nini poymol qilgani uchun, buzgunchi g‘oyalarni targib qilgani ski voqeaxodisalarni buzib talqin qilgani uchun esa u faqat sud oldida javob beradi. SHundagina jurnalistning ijodiy saloxdyati to‘la ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratiladi, u professional mustaqillikka ega bo‘ladi.





1 Қaр aнг: «Халк сўзи», 2017 йил 8 февраль.

2 Шавкат Мирзиёев. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга курамиз! «Халк сўзи». 2016 йил 15 декабрь.

3 https://pm.gov.uz/uz/news/view?id=36

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish