Arxiv ishining olib borilishi



Download 337,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi337,65 Kb.
#721784
  1   2
Bog'liq
6-mavzu ma'ruza matni arxiv (1)




6–MAVZU: URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA 
ARXIV ISHINING OLIB BORILISHI 
 
REJA: 
1. O’zbekiston xalq xo’jaligining tinch qurilishga o’tishi. 
Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda arxiv ishi. 
2. 1946–1950 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.
3. 1945–1950 yillarda arxiv faoliyatini takomillashtish bo’yicha amalga 
oshirilgan islohotlar va ularning natijalari. 
4. 1945–1950 yillarda O’zbekiston arxivida kadrlar masalasi. 
 
Tayanch tushunchalar:
II–jahon urushi, xalq xo’jaligining tinch qurulishga o’tishi, arxivshunoslik, 
arxiv kataloglari, ko’rsatgich (putevoditel), arxiv fondlari, davlat arxivlari, 
idoraviy arxivlar, davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya, Markaziy 
davlat arxivi (MDA), arxiv filiallari, arxiv opisi, arxiv bo’limlari,arxiv kadrlari.

Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv 


materiallariga ilmiy-ma‟lumotnoma apparati, ma‟lumotnomalar tuzish ishi edi. 
Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko„rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy 
ro„yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni 
amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz 
arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov 
birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig„majildlar yo„q qilishga 
ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. 
Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar 
tuzish ishiga kirishishga imkon berdi. 
Urushdan keyingi yillarda O„zSSR Markaziy davlat tarix arxivining 
ko„rsatgichi tayyorlandi va O„zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi 
ko„rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining 



sharhi - axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv 
fondlarining ro„yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e‟lon qilinmay 
qoldi. 
Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu 
qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida 
tadqiqotchilarga to„laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun 
imkoniyat ochib berdi. 
Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga 
solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O„zSSR 
Ministrlar Sovetining 1949 yil 13 yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini 
yaxshilash to„g„risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e‟lon 
qilingandan keyin ko„plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar,
arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari 
tartibga solindi. 
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo„llanma 
tayyorlandi. Masalan, “Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o„tkazish 
uchun esdalik”, “Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko„rsatmalar”, 
“Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo„yicha ko„rsatmalar” 
shular jumlasidandir. 
1963 yil 14 oktyabrda O„zSSR Ministrlar Soveti “O„zSSRda arxiv ishini 
yaxshilash tadbirlari to„g„risida”gi qarorni qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, 
ya‟ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o„ynadi. Unga ko„ra idora 
arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan 
hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o„zini esa, hujjatlarini 
beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar 
bilan ta‟minlash keng yo„lga qo„yildi. 
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. 
Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e‟tibor qaratdilar. Bu ishlar 
natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv 
hujjatlari tartibga solindi. 



Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini 
yaxshilashga ham katta e‟tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni 
yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor 
ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi 
yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil 
qo„llanmalar, ko„rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo„llanmalar idoraviy arxivlar ishini 
va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo„shdi. 
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi.
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O„zSSR 
Ministrlar Sovetining 1956 yil 31 martdagi “O„zSSR Ministrliklari va idoralar 
arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni 
yaxshilash tadbirlari to„g„risida”gi qarori muhim rol o„ynaydi. Respublika 
hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli 
to„plamlar, ma‟lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va 
“O„zdavlatnashr”ga ularni nashr qilishni topshirdi. 
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e‟lon qilish 
borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar 
to„plamlari nashr qilindi. Shu jumladan oktyabr to„ntarishiga oid 2 ta, 
“bosmachilar” harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, “O„rta Osiyoni 
tadqiq qilgan rus olimlari” nomli seriyada 4 ta to„plam tayyorlanib nashr qilindi. 
1960-yillardan boshlab mavzular bo„yicha arxiv hujjatlarining kataloglari 
tayyorlana boshlandi.
1950-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida 
davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga 
oshirildi. 1958 yili O„zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O„zSSR 
Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O„zSSR Markaziy davlat 
arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O„zSSR kino-foto-fonohujjatlar 
markaziy davlat arxivi ham qo„shildi. 
Shunday qilib, 1950-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining 
tartibli tizimi vujudga keldi, Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo„lgan 



barcha hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish 
imkoniyatiga ega bo„ldi. 
Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan 
teng huququli bo„lib qoldi va ular arxiv ishi va ish yuritishni tashkil qilish 
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo„ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy 
vazifasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amapiy ahamiyatga ega bo„lgan hujjatlar 
saqlanishini ta‟minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab 
olish, saqlanishini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, SHuning uchun arxiv 
tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat 
arxivlarini butlashga katta e‟tibor beradi. 
Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul 
qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro„yxatlarini tuzdilar va davlat 
arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro„yxatga amal qiladigan bo„ldilar. 
Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish 
sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi 
Arxiv boshqarmasi qator metodik qo„llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash 
masalasi Arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning 
qarori davlat arxivlariga ijro etish uchun yuborildi. 
Saqlash muddati 5 yilgacha bo„lgan materiallar dalolatnomasini nazorat 
qilinadigan idoraning rahbari ETKda ro„yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi 
lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinmaydigan idoralar arxiv 
hujjatlari ro„yxati va dalolatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga 
berildi. 
Arxivlarni butlash ishini qayta ko„rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni 
nazorat qilishda ham muhim o„zgarishlar sodir bo„ldi. 
Yangi sharoitda davlat arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish 
yuritishini nazorat qiladigan bo„ldi. Qayta qurishgacha esa, arxiv tashkilotlarining 
asosiy vaqti xaddan tashqari ko„p, mayda, kam ahamiyatli tashkilotlarni nazorat 
qilishga ketar edi va muhim idoralar arxivlari e‟tibordan chetda qolar edi. Buning 
natijasida qiymati kam ilmiy, tarixiy, amaliy ahamiyati yo„q arxiv fondlari tartibga 



solinar edi va davlat arxivlariga qabul qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda 
tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul qilinmasdan qolar edi. 
Ko„rib chiqilayotgan davrda O„zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarni 
e‟lon (nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to„plamlarining ilmiy 
salohiyatlarini ko„tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan 
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965 yillarda respublika arxiv 
tashkilotlari O„zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi 
instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shunga o„xshash ilmiy tashkilotlari 
bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to„plamlari chop etilgan.
Kadrlar tayyorlashga etibor qaratila boshlandi. Arxiv sohasida xizmat 
qiluvchi hodimlarga sharoitlar yaratish haqida ham masalalar kun tartibiga chiqa 
boshladi. Bundan tashqari arxiv tashkilotlarining texnik material jihatidan 
mustahkamlash ham kerak edi.

Download 337,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish