Bob. Geoekologik muammolar



Download 126 Kb.
bet1/7
Sana03.07.2022
Hajmi126 Kb.
#734556
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIOEKOLOGIK MANITORING


GIOEKOLOGIK MANITORING
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………..……………………….2
I.BOB.GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR
1.1.Regional ekologik muammolar…………………………………...…….8
1.2.Ekologik inqiroz chuqurlashgan mintaqalar………………….……..14
II. BOB.GEOEKOLOGIK XARITALASHTIRISH


2.1.Geoekologik xaritalashtirish mazmuni………………..…….16
2.2.Geoekologik ekspertiza……………………………………………..…23

Xulosa…………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………...………32
Kirish
Inson omilaining atrof-muxitga ta`siri borgan sari kuchayib borayotganligi e`tiborga olib , maxsus kuzatish tizimi tashkil kilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatish natijasida tuplangan ma`lumotlar tabiiy muxitda yuz berayotgan uzgarishlarni baxolash va tegishli xulosalar chikarishga imkon berishi nazarda tutiladi. Shuning uchun xam monitoring tizimini tashkil kilish buyicha takliflar urtaga kuyiladi.
«Monitoring» atamasi inglizcha Suz bulib, u kuzatish, nazorat kilish ma`nosini bildiradi. Endilikda mazkur suzning Lugaviy ma`nosi juda keng mikyosda kullanila boshlandi. Xozirgi vaktda monitoring deganda atrof-muxitni kuzatish , nazorat kilish, uning xolatini boshkarish hamda tabiiy muhit holatini bashorat qilishni tushunamiz.
Hozirgi vaqtda O`zbekiston xududida tabiiy muhit monitoringi vazifalarini bir qancha muassasalar bajaradi. Bular O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi , Qishloq va suv xo`jalligi vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi va bosh. Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi, eroziya, sho`rlanish, deflyatsiyaga berilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi.
O`zbekiston xududida hozirgi vaqtda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra , yer usti suvlarining ifloslanishi 94 obyektdagi 187 nuqtada ma`lum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalar mineral komponentlar, biogen moddalar, neft mahsulotlari, fenollar, xlor organik va fosfor organik pestitsidlar, sintetik faol moddalar, og`ir metallar, ftor, oqiziq moddalar va boshqalar bo`yicha tajriba xonalarda taxlildan o`tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar 50 ta suv obyektida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yog`inlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stansiyalarda o`rganiladi. Ulardagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kalsiy, magniy, natriy, kaliy, ftoridlar va boshqalar laboratoriyalarda aniqlanadi. Qor qatlamining ifloslanishi sanoat rivojlangan shaharlarda 26 ta modda bo`yicha tekishiriladi. Havoning ifloslanishi 34 shaharning 65 turg`un punktlarida kuzatiladi, ularda 30 ta zararli aralashmalarning konsentratsiyasi o`lchanadi.
Sug`oriladigan yerlarning sho`rlanishga berilishi yilda 2 marta ( 1 aprel va 1 oktabr) aniqlanadi, tuproqlarda tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda ma`lum joylarda kuzatib boriladi, shuningdek, shu maydonlarda grunt suvlarning chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi, ifloslanishi aniqlandi. Vohalarda zovur suvlarning minerallashuvi, ifloslanish darajasi ham ma`lum joylarda muntazam ravishda o`rganiladi.
Tabiat komponentlarining ifloslanishi o`zgarishlari, minerallashuvi va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan dasturlar asosida respublika miqyosida tuziladi va tegishli muassasalarga, shuningdek , Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, bir yillik ma`luotlar asosida esa ekologik vaziyatlar , yerlarning meliorativ holatining tadrijiy o`zgarishlarini , turli kasalliklarining yillar davomida o`zgarishni ishlab chiqirsh uchun darkor. Bu borada biosfera qo`riqxonalari va oddiy qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning Amaliy ahamiyati beqiyos kattadir.
Davlat ekologik ekspertizasi. Atrof-muhit musaffoligini saqlab qolish atmosfera havosi, suv havzalari, tuproq , o`simlik qoplami ifloslanishining olidni olish maqsadida yangitdan vujudga keltiriladigan har qanday injenerlik loyihasi uning kata-kichikligidan qat`iy nazar avvalo davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazish darkor. Bu hol «Tabait muhofazasi to`g`risida» qonunda ham yozib qo`yilgan. Ekspertizaning maqsadi xo`jalik korxonasining tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik havfini aniqlash, ushbu xavfli darajasining muayyan me`yoriy ko`rsatkichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baholashdir. Loyihada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi zarur.
Davlat ekspertizasidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shahar qurilishi, chiqindilar to`planadigan joylar, chiqindilar yo`q qilinadigan maxsus joylar, kimyoviy ashyolar va ular ishlatiladigan xududlar va boshqa xo`jalik obyektalari loyihalari albatta o`tkaziladi. Loyihada xo`jalik obyektlarining o`z faoliyati davrida atrof-muxitga zarur yetkazishi oldi olinggan bo`lsa, ya`ni maxsus moslamalar mavjud bo`lgan taqdirda, Ushbu loyihani amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Tog`lardagi daryo havzalarida ishga tushurilishi lozim bo`lgan ma`dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyihalari ekologik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladi. Chunki bunday nozik loyihada texnologiya tizimi yoki ma`danlarni saqlash joylaridan ularning qismi soy suvlariga aralashishi butun havzada noxush oqibatlarga olib kelmasligiga hech Kim kafolat bera olmaydi. Binobarin , ekspertiza chog`ida mazkur ro`y berishi mumkin bo`ladigan xunuk hodisaning qanday oldi olinishi mumkinligi obdan chuqur tekshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasida o`tkaziladi. Mazkur muassasada ekspertiza ishlarini atroflicha biladigan yetuk mutaxassislar turli sohalarda tadqiqot ishlarni olib boradilar.
Ekologik axborotlar tizimi . Atrof-muhit muhofazasi borasida ko`pdan –ko`p ilmiy-tadqiqotlar, kuzatishlar, nazorat ishlari olib boriladi. Ko`p sonli mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladigan mavzuli ekologik ilmiy tadqiqotlar , monitoringlar natijasida butun respublika miqyosida juda ko`p turli axborotlar va ma`lumotlar yig`iladi. Har yilgi mazkur axborotlar yig`indisi katta hajmini tashkil qiladi. Ularni bir tizmiga solib foydalanish uchun qulay holga keltirilsa, ma`lumotlar banki vujudga keladi. Biroq turli muassasalarda to`plangan bu nodir, ahamiyati jihatidan tengi yo`q ma`lumotlar ko`p hollarda foydalanish va ulardan tegishli ilmiy xulosalar chiqarish uchun mazkur soha egalariga yetib bormaydi, qusha-qo`sha qulflar ortidagi temir sandiqlarda qalashib yota beradi. Unda ularni yig`ishning nimaga keragi bor? Ular asosida nafaqat nufuzli ilmiy-texnik hisobotlar yirik monografiyalar, ilmiy maqolalar va xabarlar yozish, ilmiy hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadga muvofiq.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi 1993 yilda “O`zbekiston xududida hozirgi vaqtda , Tabiatni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan foydalanish” (rus tilida) . Ma`ruza, Toshkent , «O`qituvchi”, 90-bet:
1995 yilda “O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiat boyliklaridan foydalanish” (rus tilida ) “O`qituvchi”, 128 bet.
Milliy ma`ruza kabi ilmiy –texnik axborot to`plamlarini bosib chiqardi. Albatta Ushbu ilmiy ma`ruzalar ruknida chiqarilayotgan katta ma`lumotlarni jamlagan kitoblarni nashr etish oson emas. Ular tabiat muhofazasi Bilan shug`ullanayotgan ko`p sonli mutaxassislar, ekologlar va qolaversa keng jamoatchilikka o`ta zarur.
O`zbeiktson Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi gidrometerologiya bosh boshqarmasi (Boshgidromet) mamlakatimizning atmosfera havosi va yer usti suvlarining ifloslanishini tadqiq qilish natijasi bo`lgan katta hajmdagi turli ma`lumotlar jamlamasini tayyorlab , har yili muntazam chop etib keldi. Ammo Xalq xo`jaligining bozor munosabatlariga o`tishi, qog`oz taqchilligi va xarajatlari salmog`ining ortishi tufayli avvalgi ma`lumotlar to`plamini tayyorlash to`xtadi, ma`lumotlar berish ham bozor narxlarida amalga oshirila boshlandi.
Boshgidrometning Tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatish markazi muntazam ravishda «Ekologik byulleten» nomli axborotlar to`plamini chop etishi tahsinlarga loyiq. Unda Toshkent shahar havosining ifloslanish darajasi , shahar havosi tarkibidagi zararli aralashmalarning eng ko`p miqdorda (m 3 da mg hisobida), teleminoradagi meteorologik kuzatishlar natijalari va havoning ifloslanish darajasi hamda boshqa ma`lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, shu axborotlar to`plamiga Gidrometerialogiya markazining kundalik gidrometeraliogiya byulleteni ham ilova qilinadi. Unda viloyatlar bo`yicha ob-havo bashorati va gidrologik postlari bo`yicha ma`lumotlar beriladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, ekologik byulleten faqat Toshkent shahri bo`yicha berilsada, uning ilmiy va Amaliy ahamiyati juda katta. Ushbu ma`lumotlar ko`plab mutaxassislar uchun zarur. O`ylaymizki, yaqin kelajakda Toshkent shahri bilan birgalikda respublikamizning boshqa viloyatlari markazlari ham qo`shilsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi. Chunki mamlakat bo`yicha majmuali ma`lumotlar juda zarur.
Ekologik vaziyatlar jiddiylashayotgan hozirgi vaqtda mamlakatimizda sodir bo`layotgan tabiiy muhitdagi turli nomatlub hodisalar : suv, havo, tuproq, yaylovlarning ifloslanishi, o`simlik olamining buzila borishi, aholi orasida har xil kasalliklarning tarqalishi kabi ekologik nomutanosibliklarni bir butun yaxlit holda ko`rsata olish faqat maxsus ekologik xarita asosida amalga oshirilishi mumkin. Xarita ma`lum masshtabda respublikamiz xududuinining ekologik hayotini bir butun yaxlit tarzda tasvirlab bera oladi. Xarita asosida xududning hoxlagan joyida yuz berayotgan ekologik mazmundagi barcha o`zgarishlarni bili shva tegishli axborotlarga ega bo`lish mumkin. Birinchi bor O`zbekiston Respublikaning ekologik xaritasi 1:1000 000, u masshtabda Toshkentda 1991 yilda o`zbek va rus tillarida nashr etildi. Xaritaning ma`lumot sihimi yetarli darajada kata va zarur bo`lgan.
I.BOB.GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish