Ma’lumotnoma
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ 3151-sonli
“Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalar va
tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
Qarorni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
2017 yil 28 avgustdagi “Respublika ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida
Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish
chora-tadbirlarini belgilash to’g’risida”gi №624 buyruqda belgilangan vazifalar
ijrosini hamda Farg’ona politexnika instituti va ishlab chiqarish korxonalari bilan
innovatsion korporativ hamkorlikni va professor-o’qituvchilar stajirovkasini yo’lga
qo’yish tizimini shakllantirish maqsadida institut rektorining 2010 yil 24 apreldagi
№241 sonli va 2017 yil 31 avgustdagi 641 L/O sonli chiqarilgan buyrug’i asosida
Farg’ona politexnika instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti
“Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi assistenti S.A. Mirzayev “ELEMENT
KRISTALL” MCHJda 2021 yilning iyun oyining 30 kun davrida korxonada
stajirovkadan o’tdi.
Mirzayev Sardorali Abdullajon o’g’li stajirovka davrida “Aloqa bo’limi”,
“Nazorat qurilmalari”, “Kip avtomatika” bo’limlarida 5310800-“E va A” va
5311000- “TJICHAB” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim yo’nalishining “Umum
kasbiy” va “Mutaxassislik” fanlari bo’yicha o’z malakasini oshirishga muvaffaq
bo’ldi. Stajirovka dasturiga asosan qurilmalarni nazorat qilish va sinash, suv sarfini
qurilmalar orqali nazorat qilish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, hujjatlarni
rasmiylashtirish va kerakli tashkilotlarga topshirish bo’yicha nazariy, amaliy bilim
va ko’nikmalarga ega bo’ldi. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonasi va
tashkilotlarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo’lgan talablarni bevosita ta’lim
mazmunini shaklllantirish bilan shug’ullanadigan oliy ta’lim muassasining profeli
kafedrasi bo’lgan “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”ga doir dolzarb
muammolarni o’rganishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu ta’lim yo’nalishi ishchi o’quv
rejasi qo’shimcha fanlar blokini shaklllantirish maqsadida korxonada mutaxassis
yetishmayotgan yo’nalish bo’yicha fan kiritishga kelishib olindi.
Umid qilamizki, “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi assistenti Mirzayev
Sardorali Abdullajon o’g’li yosh kadrlarni tayyorlashda “ELEMENT KRISTALL”
MCHJdagi yetuk mutaxassislari tomonidan olgan bilimlaridan samarali
foydalanadi va Respublikamizni iqtisodiy, ishlab chiqarish va sanoat sohasida
yetuk kadrlarni tayyorlashda o’z hissasini qo’shadi.
“ELEMENT KRISTALL” MCHJ
boshlig’i:
J. Sobirov
Do'stlaringiz bilan baham: |