Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet76/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Talab egri chizig'i


7.1-chizma
P, so'm
700 600 500 400 300 200 100 0
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o'rtasidagi teskari bog'liqlikni tasviriy aks ettiradi. Undagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste'molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo'lgan tovar miq­dorini ko'rsatadi.
Narx va talab hajmining o'zgarishi o'rtasidagi teskari bog'liqlikni ko'rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig'i deyiladi.

Talab miqdoriga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar. Talab


hajmining o'zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omiilarga ham bogiiq bo'ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta'sir ko'rsatadi:

  1. iste'molchining didi;

  2. bozordagi iste'molchilar soni; iste'molchining daromadlari;

    1. bir-biriga bogiiq tovarlarning narxi;

    2. kelajakda narx va daromadlarning o'zgarishi ehtimoli.

Bu omillarning o'zgarishi talab hajmining o'zgarishiga qanday ta'sir ko'rsatishini qarab chiqamiz.

      1. Biror mahsulotga iste'molchi dididagi ijobiy o'zgarish ro'y bersa, narxning tegishli darajasida unga boigan talab ortadi. Bu o'rinda real hayotda iste'molchilar «moda», ya'ni biron-bir tovarning keng rusum boigan turini sotib olishga harakat qilishlarini misol keltirish mumkin. Iste'molchi didiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan holatlar talabning qisqa- rishiga olib keladi.

      2. O'z-o'zidan aniqki, bozorda iste'molchilar soni ko'paysa, talab ortadi, iste'molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, alo- qa vositalarining takomihashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchi- lar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga boigan talabning o'sishiga olib keladi. Tug'ihsh darajasining pasayishi bolalar bog'chasi va maktabga boigan talabni kamaytiradi.

      3. Pul daromadi o'zgarishining talab hajmiga ta'sixi boshqa omiilarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko'p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlar­ga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o'sishiga qarab iste'molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo'lsada, ko'proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki or- tiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega boigan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go'sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o'zgarishi bilan talab miqdori to'g'ri bog'liqlikda o'zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.

Daromadning o'zgarishi bilan talab miqdori teskari bogiiqlikda o'zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste'molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan to­varlar miqdori o'rtasidagi bog'liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst
Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko'ra, iste'molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo'lgan tovarlar miqdori o'rtasidagi o'zaro bogiiqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig'i orqali ifodalash mumkin (7.2-chizma).
7.2-chizma


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish