Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo'jaligiga mos bo'lgan tizimini shakllantirish



Download 61,19 Mb.
bet68/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo'jaligiga mos bo'lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga o'tishga yo'naltirilgan.

Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlari shakllanishi- ning yakuniga yetishi o'tish davri tugaganhgidan darak beradi.
6.2. O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va
xususiyatlari
Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot- dan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mam­lakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishning revol juts ion va evolyutsion yo'llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mam­lakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyutsion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. O'zbekistonda esa o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to'ntarishlarsiz, ijti­moiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekin- lik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqti­sodiyotiga o'tish yo'li tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar va tur- mush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi*1.
«0'zbekistonda qabul qilingan o'ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqah biz o'z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimiz- ni amalga oshirish vazifasini qo'yar ekanmiz, eng awalo, «shok terapi- ya&» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o'zini-o'zi tartibga soladi, degan o'ta jo'n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik»2, deb yozadilar mam- lakatimiz Prezidenti I.A.Karimov.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy- yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qihshga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:

  • iqtisodiyotni mafkuradan xoh qilish, uning ustunligini ta'minlash;

  • o'tish davrida davlatning bosh islohotchi boiishi;

  • butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta'minlanishi;

  • bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.

Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham
muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiboiga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e'tirof etgan holda, Prezidentimiz shunday yozadilar: «Ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o'tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, «Yangi uy qur- masdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lini tanladik. Eng muliimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta'siriga tushib qolmaslik uchun o'tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi zarurligini biz o'zimizga aniq belgilab oldik»'. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqti­sodiyot sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayot- ning bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jum- ladan siyosiy, ma'naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tub- dan o'zgartirislini taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiy­otiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo'l bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga bos­qichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qiiishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har bi ri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olish- ni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qi­lish maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:

  • totalitar tizimning og'ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  • Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga ol­gan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish1.

Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qiiishning quyidagi muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

  • o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlar- ning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;

  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tut? o'zgarishlar ruling o'z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qiiishning birin- chi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish