Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet66/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Fond biijasi — qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi bo'yicha rasmiy ji­hatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valuta biijasi — milliy valutalar kurslari bo'yicha ularning erkin oldi»sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mebnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o'rtasidagi ishchi ku­chining oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro'yxatga oluvchi muassasa.
Broker (makler) — bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.
Auksion — alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovariarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Savdo yarmarkasi — muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkazi- luvchi hamda o'tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko'rgazmasi.
Savdo uyi — o'z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug'urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
Supermarket — bu xaridorning o'ziga o'zi xizmat ko'rsatishiga asos­langan keng tarmoqli savdo korxonasi.
Auditor firma — korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o'tkazuvchi muassasa.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
J. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?

    1. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomon- lari va farqlarini tushuntirib bering.

    2. Bozor iqtisodiyotming afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?

    3. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?

    4. Bozor tushunchasining ta'rifini bering va uning asosiy vazifalari- ni ko'rsating.

    5. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab ko'rsating.

    6. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?

    7. Sotiladigati va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko'ra bozor­ning qanday turlarini ajratish mumkin?

    8. Hududiy jihatdan bozorning qanday turlari mavjud?

    9. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga ta'rif bering.

6-bob. BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH DAVRI VA UNING O'ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishda maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu bobda o'tish davri nazariya­si, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyat- lari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Shuningdek, bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chu- qurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llari tahlil qilinadi.
6.1. O'tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyo- satga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar ti- zimini o'zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri — ma'muriy-buyruqbozlik tizimi- ni bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda Sozor tizi mining asos- larini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillarga kehb dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib g'arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A. Smit davri- dan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodiyotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqaiish g'oyasi ham in- qirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur boiib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyot­ning yangi taraqqiyot yo'li — ongh ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan ohndi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (model- lari] xilma-xil boiib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umum­lashtirilib, quyidagi to'rtta asosiy turga bo'linadi:

      1. rivojlangan mamlakatlar yo'li;

      2. rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;

      3. sobiq sotsiahstik mamlakatlar yo'li;

      4. sotsializm g'oyalarini samarah bozor iqtisodiyotini vujudga kel­tirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li. Bu yo'llar turli tuman va har xil boiishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yoilarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qihb qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoi- dalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bi­lan birga har bir yoining o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosa- batlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yoiida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqti­sodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.

Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mam­lakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yoiining xususiyati - bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yoiining muhim belgisi markazlashtiril­gan, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi za­mon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yoining boshqa yoilardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabat- lariga o'tayotgan mamlpkatlaming o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir- birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo'jalikni sotsializm qurish g'oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g'oyalarning muhim jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg'unlashtirish orqali o'ziga xos o'tish yo'lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko'rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kelti­rish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning bar- chasi bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatisliicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yoi bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyutsion yoi bilan, ya'ni bosqichma- bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («ni0K0Baa TepanHH») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bos- qich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqti­sodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shu- ni ko'rsatadiki, evolyutsion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mam- lakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu bois- dan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruv- chi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Ger- maniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo1.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqti­sodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyot­ning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:

        1. uning moslashuvchan emasligi, ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;

        2. xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qq|ib yuborish» oqibati- da samaradorlikning o'ta darajada pasayib ketganhgi.

Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish ko'plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodi­yotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishim taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor ti- zimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarislilarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
§1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish — bu xo'jalik hayo- tining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qihsh;

  • resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;

  • narxlarning asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga

o'tish;

  • ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.


    1. Download 61,19 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish