Savdo yarmarkasi — muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o'tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tu- ziluvchi tovar namunalari ko'rgazmasi
Savdo yarmarkasi — muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o'tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tu- ziluvchi tovar namunalari ko'rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o'rtasida tuzilib, unda bevosita iste'molchi qatnashmaydi. Savdo uyi - o'z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug'urta, transport, ulguiji-chakana va boshqa turdagi Firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisos- lashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o'rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulguiji va chakana savdo bilan shug'ullanadigan turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. Savdo uylari o'z nomidan va ko'pincha o'z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib bo- radi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va usku- nalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug'urta xizmati ko'rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o'z mulki sifatida sotib olib, keyin iste'molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do'konlar, maxsus do'konlar va supermarketlar- dan iborat bo'ladi.
Supermarket - bu xaridorning o'ziga o'zfi xizmat ko'rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurt- ma bo'yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadi.
Infratuzilma tizimida mohya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o'ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo'lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o'rnatadi.
Moliyaviy muassasalarning aksariyati o'ziga xos belgilar bilan bir qator- da yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog'liqligidir. Ya'ni, moliyaviy muassasalar subyekt- larning ortiqcha pul mablagiarini jalb etib, o'z nomidan moliyaviy mablag'larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug'urta kompaniyalari, soliqva bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o'ziga xos o'ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy mu- nosabatlarda tutgan o'rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta'minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma — korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirib boruv- chi, ular hisobotini ekspertizadan o'tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko'rsatadi va to'liq mustaqillikka ega bo'ladi. Auditor firmalar o'z ishini har bir mam- lakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoi- dalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchi- lar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko'rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko'rsatisbi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta'minlaydi.
Xulosalar Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi.
Bozor munosabatlari subyektlari o'zaro bogiiq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo'ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir isbtirokchisi o'z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko'rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o'z rivojlanishining tabiiy-evolyutsion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim boiib, birlashgan, o'zaro bogiangan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o'z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriJadi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor muno- sabatlariga ko'makberishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizi- midir.
6. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shuiiday muam- molar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo'lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o'z zimmasiga olishi yoki zarur shart- sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Asosiy tayanch tushunchalar