Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Birja — namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o'tkazuvchi tijorat muassasasi



Download 61,19 Mb.
bet63/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Birja — namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o'tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar biijasi, fond birjasi, valuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulguiji sav- doni tashkil etish shakli.
Fond biijasi — qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi bo'yicha rasmiy ji­hatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valuta birjasi - milliy valutalar kurslari bo'yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o'rtasidagi ishchi kuchi­ni oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsiz- larni ro'yxatga oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to'g'risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to'lash biijadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qat- nashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) — bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi-sotdi bi- timlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig'iga ko'ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o'z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqaril- magan, lekin tayyorlanishi aniq bo'lgan, oldin sotib olinib, egasi ix- tiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslash- gan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal bijjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksion — alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro'yxati bo'yicha, ommaviy sotuvga qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi. Auksion e'lon qilingan vaqtda va ma'lum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro'yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo'yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san'at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish