Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg'unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo'llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimi- ning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustu- vorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy mu- ammolaridan biri bo'lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyat- ini uyg'unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg'unlasfttirishni amalga oshir- ishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va maj- bur qilish tadbirlarini qo'ilash bo'Isa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy fao- liyatni majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta'minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo'lishadi. Chunki xo'jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo'jalik tizimini xonavayron qilishga ohb keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta'minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko'rib chiqilgan asosiy afzalliklari bi|an bir qatorda boshqa ko'plab ijobiy jihatlarini ham sanab o'tish mumkin. Jumladan:
uning ishlab chiqarishning o'zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko'nikishining yuqori darajasi;
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur'ati;
turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
cheklangan axborot — turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffa- qiyatli amal qila olish imkoniyati. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o'ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o'zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo'l qo'yadi va hat- to buni rag'batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlani- shining ikkita asosiy manbayi mavjud:
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o'z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intihb, raqobatning cheklangan yo'lidan ozod bo'lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo'shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, raqobatlashu- vning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo'ravonlik, tazyiq o'tkazish va h.k.jni qo'llash — bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta'sirining pasayishiga olib keladi;
bozor tizimi rag'batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdprdagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo'lishini; d) kompleksli, markazlashgan va qat'iyan bir butun bo'lib birlashgan bozorning tarkib topishini; e) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo'llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko'p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko'p bo'lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta'min- lanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishl iste'molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o'zining iste'molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo'qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a'zolari daro- madlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog'liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlan- masin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma'lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e'tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne'matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a'zolarini bunday ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minJash davlat zimmasida bo'ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o'rtasidagi ro'y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya'ni inflatsiya jarayoni orqali namoyon bo'ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
atrof - muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta'siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyati- ning yo'qligi;
mehnat qilish bilan bog'liq kafolatlarning mavjud emasligi;
fan da fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko'maklashuvning yo'qligi;
rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayish holatlarining mavjudligi. Shuningdek, -2008-yi Ida AQSH ipo- teka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko'plab rivojlangan mam- lakatlarga tarqalib, awal iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko'p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta'siri bilan bog'liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o'zini-o'zi tartiblash mexanizmini mut- laqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifa- lariga umuman e'tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro'y berishiga olib keldi. O'zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabat- lariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e'tibor qaratilib, zarur boiganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usuUari qo'llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o'zini toia oqladi1.
5.4. Bozor va uning vazifalari
sBozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi boiib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo'llaniladigan ilmiy-amaliy tushun- chadir. Eng awalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti»tushunchalarining bir- biridan farqlanishini ta'kidiab o'tishimiz lozim. Chunki, ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil ma'noda ifodalash, ba'zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qo'llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsi- motining ro'y berishi natijasida vujudga kelgan bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o'z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi boiib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko'rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini qam- rab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya'ni ayirboshlash fazasini o'z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e'tibor beril- sa, u ko'p qirrali boiib, mazmuni o'zgaruvchan elcanligini, turli davr- larda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogiiq boiib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a'zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon boigan bo'lsa, hunar- mandchilikning rivojlanishi, shaharlarning paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin hah u davrlarda tovar ayirboshlash T — T ko'rinishida, ya'ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida boigan. Bunday ayir- boshlashda vaqt va masofa bo'lmay, bir vaqtning o'zida o'sha joyda almashuv jarayoni sodir bo'lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chi- qib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T - P — T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T — P) va sotib olish (P — T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z tovarini bir j'oyda pulga ayirbosh lab, o'ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruh- lar paydo bo'ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqah aloqa qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o'zgarib, yangi ma'no kasb etadi, ya'ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo'la boshla- di. Oldi-sotdi jarayonida yangi o'ziga xos muhim tovar — ishchi kuchining paydo boiishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita — bozor orqah sodir boia boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchi laming ko'p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ta'sirini bog'laydigan bo'g'in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakl- landi. Bozor — ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
sotuvchi va xaridorlarning o'zaro kehshuvi, ekvivalentlilik prinsi- pi asosida ayirboshlash;
sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
to'lovga layoqatli bo'lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqo- batchilik.
Bozor tovarlarni islilab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo'lib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo'Isa narxlar oshib ketadi. ayirboshlaslming ekvivalentlik muvozanati buzi- ladi, natijada tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olish im- koniga ega bo'ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdori- dan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko'radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no'noqlik va xo'jasizhk yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bular- niag barchasini bozor o'z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi — bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg'unlashtirishni ta'minlaydigan dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko'rsatish lozim bo'ladi. Bozor obyekti — ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlari do'konlari, avtomobilga xizmat ko'rsatish stantsiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo sha- xobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko'rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |