Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash — ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbiiiarni o'z icMga oluvchi jarayon.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Ijtimoiy xo'jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar xo'jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntiring.
Nima uchun tovarga naflilik (iste'mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat ni- madan kelib chiqadi?
Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering.
Qiymatning so'nggi qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasi asosida nima yotadi?
Keyingi (so'nggi) qo'shilgan miqdor nalliligi nima va uning pasa- yish sababini tushuntiring.
Tovarlar qiymatini aniqlashga boigan quyidagi fikrlarga o'z mu- nosabatingizni bildiring:
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;
keyingi qo'shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;
d) keyingi qo'shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xara- jatlari bilan aniqlanadi.
Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoit- larini tushuntirib bering.
Pulning ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalarming mazmuni nimadan iborat?
Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini tushuntirib bering.
Oltin pul va qog'oz pul o'rtasidagi umumiylik va farqlarini ko 'rsatib bering.
Qog'oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?
II B O' LI M BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI
5-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL
QILISHI
Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlari- ning rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganli- gi, asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgi- lari, subyektlari va rivojlanish bosqiclilari talqiniga alohida o'rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o'rin berilgan. Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e'tibor qaratilgan.
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakat- lari uchun xos bo'lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evo- lyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda ta'kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shak- lini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotini samarah amal qilishining muhim shartlari bo'lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil boisa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan sa- marali yo'nalishlarini ko'rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishi- ga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |