Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladi- gan iqtisodiy tizimdir



Download 61,19 Mb.
bet57/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladi- gan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabat- lariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi ha- rakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyot- larda bozor iqtisodiyoti — bozor xo'jaligi subyektlari iqtisodiy xatti- harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar- pul mexanizmi orqali bir-biriga bogianib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari — ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayoularini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qam- rab oladi. Shuni ham e'tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o'rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud boiib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozor- ning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo'yicha talab va taklifni tartibga solishni tasawur ham qilib bo'lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisob­lanadi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o'z meh- natini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga boiinadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo'jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat ko'rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy islilab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish oinillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondi­rish uchun sarflanadi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish