Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Zamonaviy bozor xo'jaligi niodellari



Download 61,19 Mb.
bet59/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Zamonaviy bozor xo'jaligi niodellari


5.2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi


Ijtimoiy xo'jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo'lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng awalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollargajavob topish kerak boiadi:
t) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chi­qarish zarur?

          1. ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi?

          2. bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?

Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha — «nima, qan­day qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko'p yillar davomida mavjud boiib kelayotgan an'analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta'sirida hal etilsa, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslan­gan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o'zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o'ziga xos xususiyatlari- dan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtiso­diyoti sharoitida eng awalo iqtisodiy resurslar bilan ta'minlanish dara- jasiga, talab va taklif nisbatiga bog'liq. Bunda mavjud bo'lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish ja­rayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim.
Bu savolga javob berishda korxona zarar ko'rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga malisu­lot va xizmatlarning qanday to'plami jamiyat talablarini to'la qondira olishi e'tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud boigan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo'lgan mahsulot va xiz­matlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan oli- nadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o'rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoq- ning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallar- ning oqib o'tishini ta'minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruv- chilarning paydo boiishi o'zini o'zi cheklovchi jarayon hisoblanadi.Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mah- suloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o'sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo'qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, ra obat bu foydani yo'qqa chiqaradi. Bozordagi talab va takhfhing iqtisodiy foyda nolga teng bo'lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tannoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o'zgarishlar ro'y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O'z-o'zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko'rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko'ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo'lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qohshi ro'y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko'tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga shatoit yaratadi. Natijada tarmoq o'zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklay- di va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste'molchi talabi alohida, muhim rol o'ynashini ta'kidlash lozim. lste'molchilarning tovarlarni sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo'ladi. Agar bunday talab hajmi aha- miyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag'bat sezadi, ya'ni iste'molchi talabining ko'payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste'molchi talabi­ning qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchining talabi qan­day mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko'p darajada resurslarni yetkazib beruvchilaxga ham bog'liq. Resurslarga bo'lgan talab — bu hosilaviy talab, ya'ni bu resurslar vositasida ishlab chiqa- riluvchi tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabdan kelib chiqadi. O'z daro­madlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslarni yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Fajat iste'molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo'lgan talabi kucha- yadi. Qisqasi, iste'molchining afzal ko'rishi uning talabi orqali namoyon bo'ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilar o'z manfaatlarini ta'minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya'ni yuqori foyda olish uchun pul to'lash qobiliyatiga ega bo'lgan iste'molchilarga zarur bo'lgan turdagi va miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va re­surslarni yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o'ziga xos javob bo'ladi. Bunda uchta uzviy bog'liq masalaga e'tibor beriladi:

  • resurslarning alohida tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi;

  • korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;

  • har bir korxona resurslarining uyg'unlashuvi va texnologiyani tanlash.

Bozor tizimi resurslarni awalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo'naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo'Hashga layoqatli boigan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko'rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq: mavjud texnologiya, ya'ni mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlovchi resurslarning oqilona uyg'unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o'zgaruvchan bo'ladi: u iste'molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o'zgarishiga muvofiq holda o'zgaradi. Ayni paytda resurslarni taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o'tishi bilan iste'molchi didining o'zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o'zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo'lib qolishi mumkin.
Iste'molchi dididagi o'zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta'siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o'zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, resurslarni qisqaruvchi tarmoq- lardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizi­mi texnologiyaning o'zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o'zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag'batlantiradi. Birin­chi boiib tejamli texnologiyalarni qoilash korxonaning o'z raqobatchi- lari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish xara- jatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bun- dan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo'lgan texnika va texnologiya yorda- mida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo'Isa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:

    1. yuqori foyda beradigan tovarlar va xizmatlar barcha to'lovga la- yoqatli iste'molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;

    2. tovar va xizmatlar to'lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;

d) yuqori foyda olishni ta'minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
5.3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Oldingi bobdan ma'lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o'zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzal- liklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror arnal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng awalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish