Bozorning vazifalari
nish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.5. Bozorning turlari va tuzilishi
Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababh uni turkumlashga quyidagi me- zoqlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega boiib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo'lmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul in- qirozga uchrab, ijthnoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xari- dorlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozo- rdir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo'llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro'y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalari- ning davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi boiib, u bozor aloqalarini tartiblashti- radi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil biijalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo'ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yum- shatilib, ularning daromadlari o'rtasidagi tafovutlar me'yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha boiishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy Yevropa bozori) va ni- hoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluv- chilar fuqarolar hisoblanadi. Turh shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do'konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulguiji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko'tarasiga sotiladi.
Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lib iste'mol tovarlari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo'jalik subyektlarining barcha uchta turi: uy xo'jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste'mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo'lgan tovarlar - ilmiy g'oyalar, texnika yangiliklari, san'at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o'rin tutadi. U amalda patent, litsen- ziya va nou-xau sotishdan iborat bo'lib, bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko'radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg'i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulguiji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste'molga emas, ishlab chiqarish iste'moliga xizmat qiladi, ya'ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste'mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to'liq va yorqin namoyon bo'ladi (5.4-chizma).
Chizmadan ko'rinib turibdiki, uy xo'jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozorigayetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag'lari resurslarni yetkazib beruvchilarning daromad- lari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo'jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko'plab tovar va xizmatlaiga o'zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste'mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o'ziga xos xususiyatga ega boigan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biz- nes tomonidan ishchi kuchiga bo'lgan talab, uy xo'jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to'qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning ikki turi — tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib-olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o'zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma'lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko'p jihatli bo'lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, ya'ni pul (pulga tengteshtirilgan qog'ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablagiarga ega boigan xo'jalik subyektlari o'z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi.
5.4-chizma
Iste'mol tovarlar! bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o'rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkum- lash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaq-
tincha qarzga olinadi va shaxsiy iste'mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg'arishga qo'yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag'lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozoriui ikkita bo'g'inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog'ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toiash sharti bilan qarzga berish bo'yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda aso- san davlat va banklaming qisqa muddatli majburiyatlari muornalada bo'ladi.
Qimmatli qog'ozlar bozori — turli ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilarjning oldi-sotdi rau- nosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklar- dan iborat bo'lib, unda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog'ozlarning harakati xususiyati bo'yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo'linadi. Birlamchi bozorda yangi nus- xadagi qog'ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog'ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo'jalik subyektlari o'rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta'minlaydi.
5.6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozorning samarali amal qilishi ko'p jihatdan uning infratuzil- masining rivojlanganlik darajasiga bogiiqdir.
Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini o'rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor hifratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalami quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha guruhlash mumkin:
tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar
(ombor xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, biijalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar
(bank, kredit muassasalari, sug'urta va moliya kompaniyalari, sohq idoralari va h.k.);
ijtimoiy sohaga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kom- munal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
axborot xizmati idoralari (maiumotlarni to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab cWqaruvchilarning sav- do-sotiq, mohya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko'maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo'yicha tadbirlaiini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o'rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko'rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo'lib, ko'rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o'rin tutishi sababli ulardan asosiy- larining qisqacha tavsifiga to'xtalib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |