Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi



Download 61,19 Mb.
bet52/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o'rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog'ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vosi- talar zarurligiga amin bo'hshiga asoslanadi. Pulning o'zaro kelishuv si­fatida amal qilishi to'g'risidagi mazkur g'oya XVIII asrning oxirlari- gacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga subyektiv psixologik yon­dashuv ko'plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi obyektiv iqti­sodiy kategoriya bo'lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog'liq boigan yuzaki, subyektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyutsion konsepsiyasiga ko'ra ular ijti­moiy mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayir­boshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o'ynaydigandek ko'rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o'z qiymatini boshqa tovarga nisba- tan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o'zida ifo- dalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya'ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo'ladi. Pulning paydo boiishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o'rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalent rolini o'ynagan. Masalan, ayrim joy- larda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo'yna, nodir metallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o'ynovchi turli tovarlar ichidan ba'zi birlari o'zining barcha tomonidan tan oli­nishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o'ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jara- yonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo'lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga, ya'ni monometall tizimiga o'ta boshladilar. Bu hoi Avstriyada 1892, Yapo- niyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir bo'ldi. An- ghyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildayoq joriy etilgan edi. O'zbekiston hududida tari- xan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo'lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul islo- hotini o'tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar bizgacha yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (ol­tin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti — Buxoroda markazlashtiril- gan. 1695-1709-yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og'irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori — 958 bo'lgan1.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

  • sifat jihatdan bir xil o'lchamga keltirish mumkinhgi;

  • zanglamashgi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

  • bo'Hnuvchanligi va bo'lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinhgi;

  • bo'linganda ham o'z qiymatini saqlab qola olishi;

  • tabiatda nisbatan kamyobligi;

  • ozgina miqdordagi va og'irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Shu xususiyatlarga ko'ra umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi ko'plab tovarlar ichidan maxsus tovar - oltin pul ajralib chiqdi. Shun- day qilib, pul bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan, umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi maxsus tovardir.

Endi tovarlar dunyosi ikkiga — bir tomondan, naflilikning ifodasi bo'lgan tovarlarga va ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo'lgan pulga ajraladi:
j
Tovarlar




Tovarlar dunyosi



Pullar
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metal- listik, nommalisitik va miqdoriy nazariyalarini farq lash mumkin. Pul­ning kehb chiqishi va muomalada bo'lishi metall pullar bilan bogiiq boiganligi sababli dastlab, pulning metallistik nazariyasi vujudga kel­gan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir metallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon boigan.
Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik mak- tab namoyandalarining qarashlari muhim o'rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovifr mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniy­lashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto'g'ri baho be- rish hamda pul fetishizmining rivojlariishiga olib keldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdoiiari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o'zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ular­ning nodir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik na- zariya tarafdorlarining qarashlari o'rta asrlarda to'la qiymatga ega boima- gan metall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo'ldi. Ba'zi bir namoyandalar pullar — davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko'ra faqat davlatgina pullarning qiymatini belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmas- ligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
Pulning miqdoriy nazariyasi - bu muomaladagi pul miqdori, to­var narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta'limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o'zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to'laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko'rib chiqamiz: 1) qiymat o'lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to'plash vositasi; 4) to'lov vositasi.
Pulning qiymat oichovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiyma­tini pul bilan,ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng boigan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog'liq. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini ang- latadi. Tovarning almashuv qiymatini o'lchash uchun muayyan miq- dordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar oichovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o'lchovi har qanday o'lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e'tirof etilgan bo'lishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo'lishi kerak, chunki to- varlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog'i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo'hshi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug'dirgan: pul metallni o'lchash uni mayda bo'laklarga bo'lish, sifatini belgilash zarur bo'lgan. Keyinchalik metall quymalari o'rniga moneta (metall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo'lish natijasida oltin tangalar yeyilib ketishi, o'z vaznining bir qismini yo'qotishi sababli muomalaga to'la qiymatli bo'lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to'plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo'jalik sharoitida boylik to'plash, jamg'arish mahsu­lot jamg'arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo'jaligining rivojla- nishi boylik to'plashning pul jamg'arish shaklini keltirib chiqaradi. To­var xo'jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg'arish uni muomaladan chiqarib olish yo'li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo'sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo'lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to'lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to'lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to'lov muddati kelgandan keyingina to'laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to'lashda ham to'lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog'oz pullar, veksel va banknotlar — pulning to'lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya'ni qog'oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to'g'risida so'z yuritilganda, g'arb iqtisodiy adabiyot- larida qog'oz pulning tovar emasligi qat'iy ta'kidlanadi. Bunda ayrim iqti- sodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya'ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqah belgilaydilar1.
Klassikiar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alo­hida tovar bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo'lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya'ni iste'mol qiymatiga ega. Uning iste'mol qiymati umumiy ekviva- lenf sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To'la qimmatli pullardan o'z qiymatiga ega bo'lmagan pul belgilarini qo'llashga o'tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog'oz pul oddiy tovarlarga xos bo'lgan xususiyatlar — qiymat va iste'mol qiy­matga ega bo'lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni — qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog'oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa to­varlar qiymati bevosita qiymatga ega bo'lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo'lgan vakolatli «tovar» bilan o'lchanadi1 (4.3-chizma).

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish