nechta nazariyalami sintez qilish yo'li bilan aniqlik kiritisliga harakat qildi. Qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko'rdi. A.Marshall keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog'lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bihshda qo'shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda rnashhur. Neoklas- siklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan A.Marshall ishlari bilan bog'liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbayi, narxning yagona asosi va bozor xo'jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbayi topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marji- nalistlarda qo'shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. AMarshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo'shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o'zaro ta'siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o'tildi. Lekin A. Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko'ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o'rniga qo'shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o'rniga ishlab chiqarish xara- jatlarini qo'ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to'liq hisobga olinmadi.
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo'lgan narsa - tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoq- lama tavsifi va shu asosda hosil bo'ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo'lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazanyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e'tiborni qaratgan bo'Isa, maijinalistlar uning nafliligiga e'tibor berib keladilar. Ularning biri ko'proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo'Isa, ikkinchisi iste'molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydi- lar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to'qnashgan tu- gunga e'tibor qaratish zarur.
4.4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma'lum. Pulning kelib chi- qishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bogiiq holda tushuntiriiadi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud boiib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o'rin tutadi.