Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet49/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Qiymatning mefanat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Petti - qiymatning mehnat nazari- yasining dastiabki asoschisi bo'lib, u qiymatning manbayi mehnat hisob- lanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab be- rishini ko'rsatib o'tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste'mol qiymati va qiymati o'rtasidagi farqni ko'ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qim- matbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yara- tiladi, deb hisoblagan. A.Smit o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovarning iste'mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo'lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflan­gan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo'lgan o'rtacha mehnat belgilab berishini ko'rsatib o'tgan. D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo'lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisob- lanishini isbotlab bergan. U tovarning iste'mol qiymati va qiymati o'rtasidagi farqni aniq ko'rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovar­ning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta'kidlagan. De- mak, yuqorida ta'kidlaganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi taraf- dorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya'ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o'lchanadi. Qiymat­ning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag'batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qo- nunining mavjudligini e'tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqa­rish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o'zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali o'lchanishini ifodalaydi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sar- fidan ozroq bo'lgan ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini ashirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo'lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, meh­nat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag'batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo'yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqa­ruvchilar o'z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolat- langan deb bo'lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yan- giliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o'z vaqtida qo'llab tur- masalar, ma'lum vaqtdan so'ng o'z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxi- niag ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilar- dan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo'lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo'lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo'lgan holda narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi to­var ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir boimay, balki obyek- tiv qiymat qonunining kuchi ta'siri ostida boiadi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish