Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


O'zbekistonda 2007-2008-yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari



Download 61,19 Mb.
bet47/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

O'zbekistonda 2007-2008-yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari

Tovar mahsulotlari nomlari

2007-yi)

2008-yil

Yengil avtomobillar (dona)

171809

195038

Avtobuslar (dona)

1116

1556

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar (mln. so'm)

103959,4

141522,4

Traktorlar (dona)

2411

2437

Traktor kultivatorlari (dona)

1562

1773

Akkumulyatorlar (ming dona)

443

447

Televizorlar (dona)

93527

47621

Muzlatgichlar va sovutgichlar (dona)

10774

6218

Paxta tolasi (ming tonna)

1125,4

1174,2

Gazlamalar (mln. kv.m)

160,5

114,1

Trikotaj buyumlar (ming dona)

30883

29163

Sut va sut mahsulotlari (ming tonna)

16,4

19,4

Meva-sabzavot konservalari (mln. shartli banka)

112,9

157,9

Shakar (ming tonna)

170,9

254,3

O'simlik yog'i (ming tonna)

277,5

284,6

Un (ming tonna)

1440,7

1425,6


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi maiumotlari.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, global mohyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni moder- nizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2009-2012-yillarga moijallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o'z ifodasini topgan1. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yan- gilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora- tadbirlarni o'z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash ja­rayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomilla- shuvi va turlarining ko'payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat so- halarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko'pay­tirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya ja­rayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo'nalish- laridan biri hisoblanadi.


Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlar- ga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar nafli- likka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste'mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltiiishi orqali namoyon bo'ladi. U shaxsiy iste'mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayoli- dagi psixologik yondashuv bilan, ya'ni hech kim bilan aloqasi bo'lmagan o'rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o'zi qolib ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo'llaydilar. Hol- buki, tovar ayirboshlash jamiyat a'zolari o'rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o'rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo'ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, nafli- lik tabiat ashyosi bilan jonl i mehnatning birikishi natijasida, to'g'rirog'i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o'zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o'ylab ham o'tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo'lgan yoki inson mehnati bilan yaratdgan har qanday narsa ham naflilikka ega boiavermaydi. Shuning uchun iqtisodiyot naza- i riyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bo­zor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miq- dordagi naflilikka aytiladi.
Ne'matlar tovar boiishi uchun, ular ayirboshlashga moijallangan, ma'lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan boiishi zarur. Shunga ko'ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng awalo, o'z iste'moli uchun emas, balki boshqalarning iste'moli uchun bozorga so­tish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi. v Tovarning almashuv qiymati — bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko'ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi boiib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma'lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og'irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatnhig umumiy asosi boia olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti boiib to­varlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning naflili- gi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o'lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud boigan umumiy narsa — ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar oichovdosh bo'lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya'ni inson kuclii, miyasi, mu- shaldari, asablari va hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassam- lashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat to­var ayirboshlaganda ko'rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya'ni iste'mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo'lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiy­mat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifati­da ajratilib ko'rsatilishida namoyon boiadi. «Qiymat — bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko'pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xara- jatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirbosh­laganda (sotilganda) islilab chiqaruvclii (sotuvchi), tabiiyki, o'z xara- jatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko'rsatkich - almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbat- dir».1 Tovaraing o'zi esa ikki tomon — naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta'rif ba'zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan yanghsh flkrlardan ham xoli emas. Ya'ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik deb hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo'lib, aksariyat hollarda rniqdor jihatidan qiy- matdan kam bo'ladi.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisob­lanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqa­rish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o'rtacha bo'lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ish vaqtidir.
Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko'paytirilgan yoki darajaga ko'tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sa­babli oz miqdordagi murakkab mehnat ko'p miqdordagi oddiy meh- natga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo'lishiga sabab tovar ishlab chiqa­ruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu — muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, naflilikni yarat- gan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (4.1-chizma).

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish