Keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi1 nazariyasining asoschilari avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(l851-1926), Ye.Bem- Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko'ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma'naviy ne'matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangan- ligi uchun emas, balki ushbu ne'matlar naflilikka ega bo'lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma'lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganli- gi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko'ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va binobarin, narxiga asos boiishi mumkin. Keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to'g'ri kelmasligi turli xil iste'mol qiymat- larini yoki naflilikni hisobga olisli muammosi bilan bogiiq. Chunki, turli ko'rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o'zaro taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko'rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya'ni ne'matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne'mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog'liq: mazkur ne'matning mavjud zaxirasi va unga bo'lgan ehtiyojning to'yinganlik darajasi. Keyingi qo'shilgan miqdor nafliligi muammosini o'rmonda yashovchi chol ega bo'lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo'lgan psi- xologik hayol orqali tasvirlab ko'rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya'ni cholning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun iste'mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi — uy parrandalarini boqish, to'rtinchisi — pivo tayyorlash, beshinchisi — cholning o'z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko'ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko'rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo'Isa u faqatgina ko'ngilxuslilik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to'rtinchi qopdagi donning yo'q bo'lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya'ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi. Shu o'rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug'iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo'q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so'nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne'matning so'nggi qo'shilgan birligi, ya'ni uncha muhim bo'lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo'linishlaiga olib kelgan bu ikki yo'nalishdagi nazariyalarga e'tibor bilan qaralsa, ularning ham- masi tovarda gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifmi, undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tu- shunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yondashuvdan kelib chiqqan- ligi ma'lum bo'ladi (4.2-chizma).
cd
>
|
|
'c2
|
re
|
O
|
u.
|
1
|
-a C at
X
|
|
|
|
ill
|
|
|
|
|
|
|
u. 13
|
|
on
|
|
|
|
|
o
|
5
|
-o
|
,o
|
|
|
U.
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |