MO — muomaladagi naqd (qog'oz va metall) pullar.
Ml = MO + aholining joriy hisobvaraqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisobvaraqlaridagi pul mablagiari, banklardagi talab qilib oli^h mumkin boigan pul omonatlari.
M2 = Ml + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg'arma hisobvaraqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan mohyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablagiarini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o'tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg'arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiya- lari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. Bundan ko'rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o'zining likvidligi darajasiga ko'ra farqlanadi. Likvidlik — bu turli aktivlarning o'z qiymatini yo'qotmasdan (ya'ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Metall (tanga) va qog'oz pullar eng yuqori likvidlikka ega boiadi. Mijoz o'zi istagan vaqtida olishi mumkin boigan bank hisobvaraqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to'lov vositasi vazifasini bajarish layoqati past- roq boigan aktivlar qo'shilib borishi bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi. Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mam- lakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mustaqil hamdo'stlik davlatlarida 35—40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablagiariga boigan talab va pul taklifining o'zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi — bu bozorda pul sifatida muomalada boigan turli-tuman moliyaviy mablagiar, ya'ni pul agregatlari yig'indisi hisoblanadi.
Mamlakatdagi pul taklifi, asosan, Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo'jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta'sir ko'rsatadi.
Tijorat banklari o'z ixtiyorlarida boigan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya'ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To'g'ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o'rnatiluvchi majburiy zaxira me'yorlari orqah cheklanadi.
Ya'ni, tijorat banki o'zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mi- jozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini ohsh maqsadida ma'lum miqdordagi pul mablagiarini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlaming qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma'lum mud- datdan so'ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me'yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To'xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank mul- tiplikatori deyiladi.
Pu) taklifi multiplikatori — bu bankdagi pul depozitlari qo'shimcha ravishda o'sgan hajmining majburiy zaxiralar qo'shimcha hajmiga nisbati bo'lib, pul mablagiarining bir birlikka ko'payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o'sishini ko'rsatadi:
Ms 1
m = yoki m = —
R ' r
bu yerda:
m — pul taklifi multiplikatori koeffitsiyenti;
Ms - bankdagi pul depozitlarining qo'shimcha ravishda o'sgan hajmi;
R — majburiy zaxiralar qo'shimcha hajmi;
r — majburiy zaxiraning foizdagi me'yori. Masalan, Markaziy bank tomonidan o'rnatilgan majburiy zaxira me'yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so'm deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo'ladi (100 mln.so'm/20 mln. so'm). Bu esa tijorat banki 500 mln. so'm hajmida (100 mln. so'm x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko'rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo'lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur boigan pulga boigan talab hamda aktivlar sotib ohsh uchun zarur bo'lgan pulga talab. Ayirboshlash uchun zarur bo'lgan pulga bo'lgan talab aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi toiash, material, yoqilg'i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo'lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur boigan pul miqdori biz yuqorida ko'rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko'proq pul talab qilinadi: narxlar o'sganda va ishlab chiqarish hajmi ko'payganda.
Kishilar o'zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligasiyalari shaklida ushlab turishlari mumldn. Demak, aktivlar tomonidan, ya'ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo'ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosib- likda o'zgaradi. Foiz stavkasi past bo'Isa, kishilar ko'proq miqdordagi naqd pulga egahk qilishni afzal ko'radi. Aksincha, foiz yuqori bo'lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko'payadi. Shunday qihb, pulga bo'lgan umumiy talab aktivlar tomonidan pulga boigan talab va ayirboshlash uchun pulga boigan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
22.2. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari
v Inflatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikn- ing ko'rinishlaridan biri bo'lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy boigan holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |