Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet244/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

21.4-jadval
2005-2009-yillarda soliq stavkalarining o'zgarishi, foizda

Soliq turi

2005-yil

2009-yil

Farqi, baravar (-;+)

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i

15,0

10,0

-1,5

Dividend/foizlar shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig'i

15,0

10,0

-1,5

Aksiz solig'i

31,0

21,5

-1,4

Yagona soliq to'lovi

13,0

7,0

-1,9

Yagona ijtimoiy to'lov

31,0

24,0

-1,3


O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari.




O'zbekiston Respublikasida sohq yuki muntazam pasayish tenden- siyasiga ega bo'lmoqda. Masalan, soliq yuki 2005-yilda YAIMga nisba­tan 24,0% ni tashkil etgan boisa, 2008-yilda bu ko'rsatkich 22,0% ga qadar pasaygan (21.5-jadval).Ayni paytda soliq yukining tarkibiy tuzilishi ham takomillashib bor­moqda. Agar 2000-yildagi umumiy soliq yuki tarkibida 7,8 foizi bevosita sohqlar, 16 foizi bilvosita soliqlar, 4,7 foizi resurs va mol-mulk soliqla- ridan iborat boisa, 2007-yilga kelib bevosita sohqlar 5,4 foizga, bilvosita soliqlar 10,7 foizga qadar qisqarib, resurs va mol-mulk solig'i 4,8 foizga qadar oshgan. Soliq stavkalarining pasayishi hisobiga to'g'ri soliqlar ulushining pasayishi tendentsiyasi, xalqaro standartlarga muvofiq holda yuridik shaxslarning foyda (daromad) solig'ini hisoblash mexanizmini takomillashtirish kuzatilmoqda.
21.5-jadval


Soliq yuki va budjet daromadlari o'zgarishi dinamikasi, (YAIM nisbatan %da)

Ko'rsatkichlar

2005-yil

2006-yil

2007-yU

2008-yil

Soliq yuki

24,0

23,0

22,3

22,0

Budjet daromadlari

21,5

21,6

21,8

23,8


O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari.

2009-2012-yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dastu- rida ham kichik biznesni rivqjlantirishni rag'batlantirishda soliq imtiyoz- laridan keng foydalanish belgilab olingan. Jumladan:



  • yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo'llab- quwatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg'armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish;

  • berilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirish;

  • aylanma mablag'larni to'ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddatini 12 oydan 18 oyga oshirish;

  • 2009-yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lov stavkasini 8 foizdan 7 foizga kamaytirish;

  • moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko'rsatayotgan mikro- firmalar va kichik korxonalarni yagona soliq to'lovidan 3 yil muddatga ozod etish;

  • mikroflrmalar va kichik korxonalar, nqdavlat xo'jalik yurituvchi subyektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, awal ohngan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo'naltiriladigan qismini 5 yil muddatga sohqdan ozod etish;

  • 2009-yilda xo'jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish ko'zda tutilgan1.

Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salo- hiyatini osliirishga qulay imkon yaratadi.
Xulosalar

    1. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o'sishini aks etti- rib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning ja­hon* bozoridagi raqobalbardoshligining osliishini rag'batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.

    2. Mohyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasa­lar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug'urta fondlarini, davlatning valuta zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalari- ning pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini o'z ichiga oladi.

    3. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug'urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug'urtasi fondini o'z ichiga oladi. Davlat pul mablagiarining asosiy markazlashgan fondi bo'lmish dav­lat budjeti moliya tizimining asosiy bo'g'ini bo'hb xizmat qiladi.

    4. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur'atlar bilan o'sadi.

    5. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qimmatli qog'ozlarini sotish, nobudjet fondlari (sug'urta fondi, ishsizlik bo'yicha sug'urtalash fondi, pensiya fondijdan qarz olish ko'rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.

    6. Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbayi bo'hb sohqlar hisoblanadi. Sohq iqtisodiy kategoriya sifatida sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boiib, mohyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

    7. Sohq stavkasi va daromadlar o'rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o'sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regres­siv (kamayib boruvchi) sohqlarga bo'linadi.

Asosiy tayanch tushunchalar
Moliya — pul mablag'larining harakati, ya'ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bogiiq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish