Moliyaviy munosabatlar — davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o'rtasida pul mablag'lari fond- larining harakati bilan bog'liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliya tizimi — mohyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviy siyosat — davlatning o'z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar majmui.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati - davlat tomonidan iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatish maqsadida sohqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o'zgartirish bo'yicha qoilaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti - davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy ta'minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjet taqchiUigi — davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Davlat ichki qarzi — davlatning mamlakat ichida qimmatli qog'oz- larini chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat tashqi qarzi — xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro mohyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Davlat krediti — davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydon- ga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig'indisi.
SoUqlar — jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli.
SoUq stavkasi — soliq summasining sohq olinadigan summaga nis- batining foizdagi ifodasi.
Laffer egri chizig'i — davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o'rtasidagi bogiiqlikning tasvirlanishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo'g'inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat budjetining o'rni qanday?
Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o'ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
Budjet taqchiUigi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini tushuntiring.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy vazifalarini ko'rsating.
Moliyaviy siyosat va fiskal siyosatning umumiy va farqli jihatlarini tavsiflang.
Davlatning ichki va tashqi qarzJari manbalarini izohlab bering.
Sohq yuki nima? Uning iqtisodiyotga ta'sirini ko'rsatib bering.
Laffer egri chizig'ining mazmuni nimadan iborat?
Keyingi yillarda O'zbekistonda budjet va soliq tizimini takomil- lashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering.
v
22-bob. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI
Pulning harakati bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo'lib, barqaror pul tizimi, daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag'ishlaydi, butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta'minlab beradi, ishlab chiqarish quwatlaridan to'liq foydalanishga imkon tug'diradi va to'la bandhkka erishishni ta'minlaydi. Aksincha, beqaror pul tizimi ishlab chiqarish , bandlik va narx darajasining keskin tebranishiga asosiy sabab bo'hb, iqtisodiy rivojianishga to'siq bo'hshi mumkin. Mazkur bobda pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlarining mazmuni yoriti- ladi, pulga bo'lgan talab va taklif tahlil qilinib, inflatsiyaning mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli, respublikada milhy valutani mustahkamlash vazifalari tahlil qilinadi.
22.1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga boigan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablagiari to'xtovsiz harakatda boiadi, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun to'lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to'lashda pul qoida'n qo'lga o'tib, aylanib turadi. Pulning o'z vazifalarini bajarish jarayonidagi to'xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo'yilgan pul muomalasining turli ti- zimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
milliy pul birligi (so'm, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
naqd pul muomalasida qonuniy to'lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog'oz, tanga va kredit pullar tizimi;
pul emissiyasi, ya'ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, vek- sellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muoinalada mavjud bo'lgan pul massasi naqd va kredit pullami qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o'ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi omillaiga bog'liq;
Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim boigan tovarlar summasi. Tovarlar va xizmatlar qancha ko'p bo'Isa, ularning narxi qancha baland bo'Isa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko'p pul miqdori talab qilinadi.
Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo'lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko'p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog'liq bo'ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori shuncha kam bo'ladi.
Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to'lov vositasi sifatida foydalanish. Ko'pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda toianadi. Demak, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo'ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to'lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko'paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur boigan pul miqdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |