Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet248/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

«Inflatsiya» atamasi (lotincha inflation - shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida qoilanilib, muomalada qog'oz pullarning haddan ortiq ko'payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya tushunchasi juda serqirra boiib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko'plab izohlari mavjud. Jumladan: I nflatsiya — bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ra­vishda tovar narxlarining o'sishidir1.
Inflatsiya — bu muomala sohasining pul belgilari bilan milhy xo'jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to'lib ketishi1.
Inflatsiya — bu iqtisodiy tizimda narx o'sishining barqaror tenden- siyasi orqah ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa2.
Inflatsiya:

  • muomalada mavjud boigan naqd qog'oz pullar yoki naqd bo'lmagan qog'oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko'payib ketishi;

  • pullarning xarid qobihyatining pasayishi;

  • uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o'sishi3. Bu ta'riflardan ko'rinib turibdiki, inflatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yoi qo'ydib, uning mazmunini toia va yetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflatsiyani to'g'ri tushunish uchun pulning qadr- sizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir.

Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog'oz pullargagina xos bo'lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:

    1. oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalar- ni qo'llagan holda mehnat unumdorligining oshishi vabinobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o'zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qil- sak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko'proq oltin pul kerak bo'ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro'y beradi;

    2. ba'zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma'lum bo'lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog'laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og'irligini o'zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o'z qadrini yo'qotishini keltirib chiqargan. Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada boigan chog'da ularning qadrsizlanishi, ya'ni inflatsiya jarayoni ro'y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmat­lar hajmidan ortiqcha boigan pul massasi — oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko'payib, muomala vositasini bajarish uchun pul yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg'arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o'zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflatsiyaga uchra- masligini anglatadi.

Real qiymatga ega bo'lmagan qog'oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog'oz pullarni jamg'arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo'lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog'oz pullar­ning ko'payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlaming o'sishini tezlashtiradi.
Inflatsiya bozor xo'jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqa­rish nomutanosibliklari tug'diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy ho- disadir. Biroq, shuni ham nazarda turish kerakki, alohida tovar bozorla­ridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflatsiyani keldrib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o'zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog'liq holda oshishi yoki tabiiy ofat- lar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlar­ning o'sishi inflatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma'lum muddat o'tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflatsiyaga quyidagicha ta'rif berisliimiz mumkin: inflatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bogiiq holda qog'oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog'oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pufning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o'zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o'zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va binobarin, narxining pasa­yishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta'sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflatsiya — tovarlar narxining o'sishidir, degan ta'rifning to'liq va yetarli emasligini ko'rsatadi. Qog'oz pullar inflatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:

      1. oltinga nisbatan - bu oltinning qog'oz pullarda bozor narxining oshishida o'z ifodasini topadi;

      2. tovarlarga nisbatan — bu tovarlar narxining oshishida o'z ifoda­sini topadi;

      3. bardoshli chet el valutalariga nisbatan — bu chet el valutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o'z ifodasini topadi.

Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar sotib olinayotganhgi uchun qog'oz pullarning tovar va xiz­matlarga nisbatan inflatsiyasiga alohida e'tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflatsiya darajasi narxlarning o'zgarishiga qarab o'lchanadi.
Inflatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o'lchanadi. Narxlar indeksi joriy davrdagi iste'mol narxlarini bazis davrdagi iste'mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
77v"-
NI = —— x 100%, TNb
bu yerda:
NI - narxlar indeksi;
TN - joriy davrdagi iste'mol tovarlari narxi;
TN^— bazis davrdagi iste'mol tovarlari narxi.
Narxlar o'zgarishini hisobga olish qamroviga ko'ra narxlar indek- sining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:

  • iste'mol narxlari indeksi;

ulgurji narxlar indeksi

  • ;narxlar indeksi — YAIM deflatori;

  • eksport va import narxlar indeksi.

Narxlar indeksidan foydalangan holda inflatsiya sur'atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
77V, ~TNh IS = —- -xl00%.
TNb
Masalan, iste'mol tovarlarining narx indeksi 2008-yilda 112,6% ga, 2007-yilda 116,8% ga teng bo'Isa, inflatsiya sur'ati quyidagicha bo'ladi:
I g 112 ^
Inflatsiya sur'ati = — x 100 = 3,7% foiz.
112,6
Ba'zi bir mamlakatlarda inflatsiya sur'ati juda yuqori bo'lganligi sa­babli, narxlaming qancha vaqt mobaynida 2 baravar o'sishi mumkinligi «70 miqdori qoidasi» yordamida aniqlanadi. Buning uchun 70 sonini inflatsiyaning o'rtacha yillik darajasiga bo'linadi. Bizning misolimida bu ko'rsatkich deyarli 19 yilni (70/3,7 =18,9) tashkil etadi, ya'ni in­flatsiyaning yillik 3,7% darajasida 19 yildan so'ng iqtisodiyotdagi narx­lar 2 baravarga o'sadi.
Mamlakatimizda 2000-2007-yillardagi inflatsiyaning asosiy ko'r- satkiclilarini quyidagi jadval orqah ifodalash mumkin (22.1-jadval).
22.1-jadval



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish