Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Download 61,19 Mb.
bet250/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

22.3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda boiishi lozim. Buning uchun esa bo'sh pul mablagiari ham pul-kredit muas­sasalari orqali to'planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo'naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit bo'sh turgan pul mablagiarini ssuda fondi shaklida to'plash va ularni pulga muhtoj boiib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maium muddatga, foiz toiov­lari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shakJidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kredit­ning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida, ya'ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasa­lari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o'tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o'zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o'rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo'sh turgan pul mablagiaridir.
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagiarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mav­jud bo'lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar sur'atda vaqtincha bo'sh turadigan pul mablagiari va boshqa pul resurslari kredit mablagiarining manbayini tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

    1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;

    2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;

    3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari;

    4. korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek, uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;

    5. bankdagi Budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijti­moiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;

    6. aholining bo'sh pul mablagiari.

Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo'sh pul resurslari hosil boiishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo'g'inlari va so- halarida qo'shimcha pul mablag'lariga ehtiyoj paydo boiadi.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo'sh pul mablag'lari ssuda fondi shaklida to'planib, keyin bu mablag'lar kredit mexanizmi orqah iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jara­yonining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to'lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo'jalik amaliyotiga joriy etish vazifasini ba­jaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o'rniga kredit pullarni rivojlan­tirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. To'rtinchidan, kredit ssuda fondining ha­rakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit o'z muassasa­lari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Nihoyat, kreditning o'ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, dav­lat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydala­niladi.
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davo­mida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foy­dalanib, u bank, tijorat, davlat, iste'mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish