23.1-jadval
O'zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi (umumiy hajmga nisbatan foizda)
Ko'rsatkichlar
|
Yillar
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Yalpi ichki mahsulot
|
24,2
|
24,2
|
22,2
|
20,7
|
20,6
|
Sanoat mahsuloti
|
20,7^
|
21,6
|
20,6
|
20,1
|
18,7
|
Qishloq xo'jaligi mahsuloti
|
0,8
|
0,5
|
0,3
|
0,2
|
0,1
|
Qurilish ishlari
|
10,1
|
9,0
|
12,6
|
10,6
|
10,4
|
Transport
|
64,3
|
62,1
|
61,6
|
52,9
|
51,7
|
Aloqa
|
3,2
|
3,0
|
3,0
|
3,2
|
3,3
|
Chakana savdo aylanmasi
|
1,1
|
0,4
|
0,3
|
0,2
|
0,2
|
Aholiga pullik xizmat ko'rsatish
|
28,7
|
25,7
|
23,4
|
20,2
|
20,5
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
26,6
|
23,4
|
17,6
|
17,4
|
23,8
|
Iqtisodiyotda band ishchilar soni
|
23,0
|
22,9
|
22,4
|
22,1
|
21,6
|
O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari
a) iqtisodiyotning ayrim bo'g'inlari - transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o'ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma'lum doirada amal qilib, ko'pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo'lmagan korxonalar doirasi bilan chekla- nadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma'lum sharoitlarda iqtisodiy o'sish uchun zarur bo'Isa, ikkinchi tomondan vaqt o'tishi bilan samarasiz bo'lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi.
Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa - eng awalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini — funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo'jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash*1 hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo'yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlanadi yoki ma'lum doira bilan cheklanadi. Inflatsiyaga qarshi tadbirlar ta'sirida inflatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag'batlantiradi;
ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko'radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta'minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko'rsatadi;
iqtisodiy sohani tartibga solishni ko'zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to'g'risidagi, bank sohalari, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko'zda tutuvchi qonunlar kiradi. Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo'li bilan ka- folatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta'minlanadi, monopo- liyalarga yo'1 berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o'z ifoda- sini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo'ladi:
hisob stavkasini tartibga solish;
moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o'rnatish va o'zgartirish;
davlat muassasalarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiya- lari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va toiash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo'nalishda o'zgardrishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o'zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foy- dalanadi. Davlat kreditga boigan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yo'llar bilan o'zgartiradi. Birinchidan, davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag'larining qarzga beriladigan va zaxirada turadigan qismlari ulushini o'zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o'zgaradi, ya'ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchay- tiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi. Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o'sishiga ta'sir qilishini ta'minlaydi. Uchinchidan, davlat Markaziy bank orqah xazina majburiyatlarini tarqatadi, o'z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog'ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o'zgarib, bu foizga ta'sir etadi. Davlatning pulga boigan talab va taklifini o'zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |