Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish



Download 61,19 Mb.
bet260/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish — qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi — iqti­sodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy tizimni mustah- kamlash va uni o'zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari — iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari — tar­tibga solishning ma'muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar — iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, rux- sat berish va majbur qihsh tavsifidagi ma'muriy vositalari.
Bilvosita usullar — iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

      1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarni baholang.

      2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to'g'risidagi qanday nazariya- larni bilasiz?

      3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsiflni bering.

      4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tar­tibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?

      5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o'z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo'yadi?

      6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bil­vosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma'muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko'rsating.

      7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qan­day rol o'ynaydi?

      8. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?

      9. O'zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo'yicha davlat sektori ulushining o'zgarishini izohlang.

      10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqti­sodiy usullari mazmunini tushuntiring.

24-bob. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
Ushbu bobda aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, ular­ning tarkibi, daromadlarning aholi turmush darajasiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari o'rganiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildiril- gan ftkrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o'rtasidagi nis- bat ko'rsatib beriladi. Shuningdek, kambag'allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta'minlash bo'yicha davlat das­turlari bayon etdadi.
24.1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko'rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat nadjalarini ifodalovchi ko'rsatkich bo'lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega. Chunki, daromad bir vaqtning o'zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag'larini, natural ko'rinishda olingan mahsulotiarni, iqtisodiy re­surslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha boTib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o'rin tutadi.
Aholi daromadlari ma'lum vaqt oralig'ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turli­cha ko'rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin vaboshqalarning umumiy tah- riri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish qu­yidagi jadval ko'rinishida keltirilgan (24.1-jadval)

  1. Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh

  2. Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko'rinishdagi ta'minotlari

  3. Tadbirkorlarning ajratmalari:

    1. ijtimoiy sug'urta va shu kabilarga,

    2. boshqa maqsadlarga.

Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar

  1. Erkin kasblardagi shaxslar

  2. Fermeiiar

  3. Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar

O'zini-o'zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar

Mulkdan olinadigan daromadlar

  1. Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari

  2. Davlat nafaqalari va boshqa toiovlar

Transfert daromadlari

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida kelti­rilgan tasnifida ma'lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko'rinishdagi ta'minotlarining alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o'z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko'rinishida oladilar. Shu­ningdek, 4 — 6 tartib raqamlari bo'yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko'rsatadi va h.k.


Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadi­gan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiyashaklidagi barchapul tu- shumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daro­madlarni, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jahk mah­sulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o'z ichiga oladi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish