Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo'ja- liklarining o'z iste'mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo'ladi.
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligming muhim ko'rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi; sog'lig'ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondi- rishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'mol bozorining tovarlar bilan to'yinganlik darajasi kabilar muhim o'rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «Mustaqillik yil- larida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo'lgan munosabati ham tubdan o'zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng awalo. o'ziga bog'liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko'payib bormoqda*1.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyo- rida bo'lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad — aholi tomonidan ma'lum vaqt oralig'ida olingan daromadlarining pul ko'rinishidagi miqdori.
Ixtiyorida boigan daromad - shaxsiy iste'mol va jamg'arma maqsadlarida foydalanish mumkin boigan daromad. Bu daromad nominal daromaddan sohqlar va majburiy to'lovlar summasiga kam bo'ladi.
Real daromad - narx darajasi o'zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida boigan daromadga sotib olish mumkin boigan tovar va xizmatlar miqdori. Ya'ni, real daromad aholining ixtiyorida bo'lgan daromadning xarid quwatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakl- lanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
davlat yordam dasturlari bo'yicha to'lov va imtiyozlar shaklida- gi pul tushumlari;
d) moliya-kredit tizimi orqah olinadigan pul daromadlari.
Respublikamizda 2008-yilda aholining nominal pul daromadlari 2007-yilga nisbatan 34,1 foizga o'sib, 22626,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg'armalari esa tegishli ravishda 34,2 foizga o'sib, 22240,7 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Mamlakatimizdagi aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg'arma- larining keyingi yillardagi dinamikasi quyidagi jadval maiumotlari orqah tavsiflanadi (24.2-jadval).Jadvaldan ko'rinadiki, mamlakatimizda aholi pul daromadlari sezilarli darajada oshib bormoqda. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg'armalari ham o'smoqda, biroq, bu o'sish daromadlar o'sishi darajasidan ortda qolishi sababh, aholi ixtiyoridagi pul qoldiqlari miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko'rsatkich 2008-yilda 2004-yildagiga nisbatan 5,3 barobardan oshgan.
24.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |