Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet264/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Lorens egri chizig'i


Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizhk holatlari mavjud bo'lmaydi. Balki aholining ma'lum guruhlari o'rtasida daromadlarning taqsimlanishi note.kis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishni Lorens egri chizig'i' deb nomlanuvchi 0E egri chizig'i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtioivchi egri chiziqdan ko'rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlarning juda oz (tax- minan 3-4 foizgacha) qismi to'g'ri keladi. Keyingi guruhlarga to'g'ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (de- yarh 60 foiz) aholining so'nggi 20 foiziga to'g'ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya'ni dastlab­ki 10 foiz taxminan 20 foiz daromadga ega bo'lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40 foizi to'g'ri keladi va h.k.


Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig'i o'rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo'Isa, ya'ni Lorens egri chizig'i OE chizig'idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo'ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutlaq teng bo'Isa, bunda Lorens egri chizig'i va bissektrisa o'qi bir-biriga mos kelib, larq yo'qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko'proq qo'llaniladigan ko'rsatkichlaridan biri ditsel koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko'rsatkich 10 foiz eng yuqori ta'minlangan aholi o'rtacha daromadlari va lOfoiz eng kam ta'minlanganlar o'rtacha daromadi o'rtasidagi nisbatni ifoda­laydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13: lga, Shvetsiya- daesa5,5:lgateng.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o'rtasida taqsimlanishini tavsif- lash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsiyenti) ko'rsatkichi qo'Uaniladi. Jini koeffitsiyenti chizmadagi Lorens egri chizig'i bilan mutlaq tenglik chizig'i o'rtasidagi yuzaning OFE uchburchak yuza- siga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko'rsatkich qanchalik katta boisa, (ya'ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo'ladi. Jamiyat a'zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko'rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko'rsatkich o'sish tamoyiliga ega bo'ladi. Umumiy daro­madning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o'rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo'yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi. Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo'lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o'z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o'tish daromadlar tengsizligi muammosini keskin- lashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko'chmas mulk, aksiya va boshqalarjga ega bo'lish omih o'ynayboshlaydi. Daromadlar­ning tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal dara- jadan bir necha o'n baravar yuqori daromadga ega boigan ijtimoiy qat­lam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o'tishi bilan oilalarning o'z mol-mulkini meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro'y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste'mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenghk va daromadlar taqsimotida adolatrii ta'minlashda muhim rnuam- molar vujudga keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizhgini keltirib chiqa­ruvchi umumiy omillar ham mavjud bo'ladi. Bularning asosiylari qu- yidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta'hm darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o'rnatishga layoqat- lifigi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlami kamaytirish va jamiyat barcha a'zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta'minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini, aso­san, transfert to'lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to'lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75foiz)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi liisoblanadi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish