Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qoilab-quwatlash tizimiga izchillik bilan o'tish — ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchayti- rishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko'maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta'minlash manbalarini tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsad va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko'zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta'minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo'llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg'armalarning mablag'laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko'maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daro- madli oilalar yordamdan bahramand boiuvchi asosiy kishilar hisob- lanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda budjet mablagiari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolaming ixtiyoriy o'tkazga'ri mabiag'lari hisobidan maxsus jamg'armalar hosil qilindi.Ijtimoiy ko'maklashishning yangi tizimi mehnatga rag'batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo'lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo'llab-quwatlash bilan birga, o'z melmat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta'minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O'zbekistonda aholini ijtimoiy hi- moyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol dalilidir. Jumladan, yaqin uch yil ichida ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bo'yicha qo'yilgan strategik vazifaga muvofiq, 2007-yilda ish haqi, pensiya, stipendiyavanafaqalar miqdori i,5barobar ko'paytirildi.2007- yilning dekabrida o'rtacha oylik ish haqi, xo'jalik subyektlari va budjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng, 2008- yilda esa 300 AQSH dollaridan ortiq bo'ldi. 2006-yildan boshlab umumta'lim maktablari o'qituvchilari va shifokorlar mehnatiga haq to'lashning yanada takomillashtirilgan tizimi joriy etildi. Natijada keyingi ikki yilda ularning ish haqi miqdori tegishli ravishda 2,8 va 2,7 barobar oshirildi.
Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o'z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Bu esa, o'tgan davrda qator ijobiy o'zgarishlarni qo'lga kiritish imkonini berdi. Jumladan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'miniashni yaxshilash bo'yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi;
qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi;
aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarda 77 foizga yetdi;
tabiiy gaz bilan ta'minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o'sdi.
Ta'lim sohasida ham aniq maqsadli umummilJiy ijtimoiy dasturlar
amalga oshirilib, o'tgan yil davomida quyidagi sahnoqli natijalar qo'lga kiritildi:
yangi qurilish va kapital rekonstruksiya qilish hisobidan eng zamonaviy o'quv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihoz- langan 169 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta akademik litsey hamda 336 ming nafar o'quvchiga mo'ljallangan 558 ta umumta'lim maktabi ishga tushirildi;
170 ta bolalar sporti obyekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab sport zali barpo etildi.
Prezidentimiz o'tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash yo'hdagi ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan natijalar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta'kidlab o'tdi:
mamlakatimizda umumiy o'lim ko'rsatkichi keyingi 10 yilda qariyb 20 foizga kamaydi;
go'daklar o'limi ko'rsatkichi yangi tug'ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nibatan 23 tadan 13 taga tushdi va birgina 2007-yilning o'zida 1 l^foizga kamaydi;
2007-yilda Sog'liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo'yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga oshirilmoqda;
tibbiyot sohasi boshqamv tizimining barcha bo'g'inlari qayta ko'rib chiqilmoqda;
davolash-profilaktika muassasalaii tamiog'i qayta tashkil etilmoqda;
viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko'p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo etilmoqda;
qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning awalo, qishloq joy larda kasalliklaming oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchay- tirilmoqda;
aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko'rsatadigan respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog'i ken- gaytirilmoqda.
Shuni e'tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta'minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quv- vatlash va ularga moddiy yordam ko'rsatish borasida aniq yo'naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta'lim, kadrlar tayyorlash, sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlami hayotga tatbiq etish yanada faollashtirildi.
Bu borada Prezidentimiz 1.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan quyidagi ishlar hamda qo'lga kiritil- gan natijalarni ta'kidlab o'tdi:
aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami 483600 mln. so'm, jumladan, 213200 mln. so'm budjet mablag'i, 270400 mln.so'm miqdorida grantlar, ijrochilar hamda homiy- lar mablag'i sarflandi; •
15 ta maxsus maktab-intemat va «Mehribonlik» uylarida jami 4800 mln. so'mlik qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari bajarildi;
davlat budjetidan 4600 mln. so'mga yaqin mablag' sarflanib, 28 ta «Mehribonlik» uyi hamda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 114 ta zamonaviy avtobus, 4 ta oilaviy bolalar uyiga «Damas» mikroavtobusi berildi;
- yosh oilalaming muammolarini yechish, awalo, uy-joy sotib olish va imorat qurish, ro'zg'orni butlashga ko'maklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan 57500 mln. so'mlik ipoteka va iste'mol kreditlari ajratildi va h.k.1
Shuningdek, Prezidentimiz aholini ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar 2008 hamda kelgusi yillarda ham davom ettirUishini ta'kidlab, bu yo'nalishda bajarilishi zarur bo'lgan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, agar ijtimoiy sohaga yo'naltirilayotgan mablag'lar davlat byujetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006-yilda 51,9 foizni, 2007-yilda 53,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2008-yilda 54,6 foiz darajasida bo'lishi ta'kidlandi2.
2008-yilda «ijtimoiy soha obyektlarini qurish va foydalanishga topshi- rish masalalariga ustuvor ahamiyat beriiishi natijasida 113 ming 200 o'quvchiga mo'ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o'rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta boJalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turar-joy binolari va boshqa obyektlar qurildi»3. Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo'llab-quwatlash va himoya qilish, uning tur- mush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosalar
1. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tu- shumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromad- larni, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o'z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo'jaliklarining o'z iste'mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo'ladi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirihshi darajasi sifetida aniqlash mumkin.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta'minlab bo'lmaydi. Bu daraja moddiy ta'minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qash- shoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o'rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo'li bilan shakllantirish va uni budjet orqali aholi turli guruhlari o'rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo'naiish - bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |