Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet269/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kehb, dastlab o'sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o'rtasida paydo boigan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o'rtasidagi doimiy tovar almashuvi — xalqaro savdoning paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to'g'ri kehb, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kehshi va tad- birkorlarning ko'proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli bar­cha milliy xo'jaliklaming tarkibiy qismiga aylantirib qo'yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo boidi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to'g'ri kehb, bu davrda jahon xo'jaligi tizimi shakllandi.
To'rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya'ni ko'plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo'lishi nati­jasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o'zgarishlarning yangi tenden- siyalari paydo bo'lishi bilan bog'liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;

  • ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi;

  • jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;

jahon xo'jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.«Jahon xo'jaligi», «butunjahon xo'jaligi»,'*«jahon iqtisodiyoti» tu- shunchalari bir xil ma'noni anglatib, ba'zi manbalarda ularning keng va tor ma'nolari farqlanadi1. Keng ma'nosiga ko'ra, jahon xo'jaligi — bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig'indisidir. Tor ma'nosiga ko'ra — bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o'zaro aloqada bo'lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma'no o'rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, jahon xo'jaligi — bn xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy alo- qalari kuchaygan turli mamlakatlar xo'jaliklari umumiy tizimidir.
Jahon xo'jaligi subyektlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • o'z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar;

  • transmilliy korporatsiyalar;

  • xalqaro tashkilot va institutlar;

  • milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo'jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.

Jahon xo'jaligi milliy xo'jalikdan yagona jahon bozorining mav- judligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Jahon bozorining o'ziga xos xususiyati bo'lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mav- judhgi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalmilal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne'matlarning asosiy hajmini yet­kazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqah aniqlanadi. Mamlakatlar o'rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo'jaligida har bir o'zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyati- gacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o'ziga tortadi. Mam­lakatning savdo, ishlab chiqarish, valuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog'liqlik obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamiakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo'hshidan qat'iy nazar, jahon xo'jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to'laqonli iqti­sodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas. Shu sababli Preziden­timiz I.Karimov «MamJakatning jahon xo'jahk aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqti­sodiyotni barpo'etishning asosidir»', deb ta'kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farq- lanuvchi turh xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo'lin- gan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turh mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlarining turli- tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtayi-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko'ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko'rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

  • mutlaq va nisbiy YAIM;

  • milliy daromad va uning aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi miqdori;

  • milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

  • mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;

  • aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning jahon xo'jaligidagi o'rnini aniqlashda bir necha yon-
dashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari — mamlakatlarni aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi daromad darajasi bo'yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banld (JTTB) tomonidan qoilaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko'ra mamlakatlarning uchta guru- hini farqlaydi. 1995-yili aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi milliy daro­madlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:

  • daromadlarning past darajasi — 765 dollargacha (49 ta mamlakat);

  • daromadlarning o'rtacha darajasi — 766 dollardan 9385 dollar­gacha (58 ta mamlakat);

  • daromadlarning yuqori darajasi - 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).

Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo'jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlat- larning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo'lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo'yicha ham o'z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o'rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daronjadli neft eksport qiluv­chi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag'al mam­lakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalmilal guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turh-tumanlik bir butun yaxlitlikka o'zaro iqtisodiy bog'hqlikning har xil jihatlari orqah torti- ladi. Hozirgi xo'jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynal- milallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qam- rovh tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milhy iqtisodiyot o'z-o'zini ta'minlash orqah samarali amal qilishi mumkin emas.
Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlaqja to'g'ri keladi- ki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shun­dan guvohlik beradiki, xo'jalik aloqalarining baynalmilallasbuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qila­di, ya'ni u milliy chegaradan o'sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo'yadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalmmallashuvi - bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmilallashuvi natijasida jahon xo'jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:

    1. tovar va xizmatlar jahon bozori;

    2. kapitallar jahon bozori;

    3. ishchi kuchi jahon bozori;

    4. xalqaro valuta tizimi;

    5. xalqaro kredit-moliya tizimi.

Bundan tashqari, baynalmilallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlan- moqda. Yagona ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo'lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan bo'lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Ja­hon bozori faqat yirik mashinalashgan sanoatning paydo bo'lishi bilan dastlab, bir qator mamlakatlar o'rtasida vujudga kelib, XX asrning bosh- larida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, trans­port, xomashyo, mehnat resurslari va h.k.) bilan bog'liq bo'lsa, to­varlarning jahon,bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyath ta'sir ko'rsatadi.
Milliy xo'jaliklar va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakl- langan jahon xo'jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xiz­matlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo'naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlar- ning shakhanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to'ntarishidan keyin, ya'ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalmilal xusu- siyat kasb etib, milliy xo'jaliklar doirasidan tashqariga o'sib cliiqa boshla- gach, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o'z ichiga oluvchi umumjahon xo'jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mam­lakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hoi ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko'lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababh ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni islilab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo'ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o'zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko'proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko'ra umuman ishlab chiqarib bo'lmaydigan tovarlarni jahon bozoridan sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o'rtasida jahon narxlari asosida ayirbosh- lanadi. Ular baynalmilal qiymatga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalmilal mehnat sarflari jahon bozorida e'tirof qi­linadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalmilal qiymatning hosil bo'lishiga to's­qinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta'sir qiladi. Tashqi savdo va valuta cheklovlari, valutalar qiymatining o'zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shu- lar jumlasidandir. Shu sababh ayrim mamlakatlarning jahon bozorida­gi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unum­dorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettijadi

.Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o'n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o'tish jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalmilallashuvi o'zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo'jaliklarning yaqinlashuvi, o'zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish maj- muasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror to- pish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan yevropa integratsion ham- jamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimohy Amerika umumiy iqtisodiy ham- korligi AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko'zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi Janubiy-Sharqiy Osiyo, O'rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mam­lakatlari uchun ham xususiyatli bo'lmoqda.
25.2. Jahon xo'jaligining globallashuvi yo'nalishlari va ziddiyatlari
Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi bilan bir qatorda global­lashuvi jarayoni ham muhim o'rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o'zaro bog'liq bo'lib, ular jahon xo'jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo'lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayo­nini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo'lmagan xo'jahk birlashmalari miqyos- larini ifodalaydilar. Oldingi o'rinda ko'rsatilganidek, baynalmilallashuv jahon xo'jaligining bir necha subyektlari o'rtasidagi o'zaro aloqalar o'rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Global- lashuv (lotincha globus — yer kurrasi) jahon xo'jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog'ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo'nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko'rib chiqitishini taqozo etmoqda1.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun bor- liqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo'jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo'lgan ma'lum bir unsurlarni o'z ichiga olishi mumkin. Shunga ko'ra, hozirgi vaqtda jahon xo'jaligining global­lashuv yo'lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo'nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo'nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo'lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib to- pishiga olib keladi. Globallashuv jarayonining quyidagi yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish.mumkin.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish