Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Davlatning ijtimoiy siyosati. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatning



Download 61,19 Mb.
bet265/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

24.3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatning
asosiy yo'nalishlari
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo'li bilan muayyan markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o'rtasida budjet orqah qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to'lovlar bilan birga bozor narxlarini o'zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to'lovlar — kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yor- dam ko'rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo'lib, bu ularning iqti­sodiy faoliyatda qatnashishi bilan bogiiq bo'lmaydi. Ijtimoiy to'lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonpaivarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflatsiya sezilarli ta'sir ko'rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste'mol tovarlari narxlarining o'sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya'ni nominal daromadlarni narxlar o'sishiga bog'hqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishi aholi kambag'al qatlamini qo'llab-quwatlash hisoblanadi.Amaliy hayotda qashshoqlikning o'zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning mini­mal me'yori bilan birga ijtimoiy talablaming minimal xarajatlarini ham o'z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko'zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yor- damga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat — bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsiz- likni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o'rtasidagi zid- diyatlarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tish davrida ijtimoiy siyo­sat aholini ijtimoiy qo'llab-quwatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo'nalishlar I.A.Karimovning «0'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida*1 kitobida to'liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo'nalish — bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish dara­jasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o'ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o'zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg'armabanklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o'zida qayta ko'rib chiqish yo'li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o'zgartirishda 1993-yil joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta aha- miyatga ega bo'ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miq- dorlarini tarif koeffitsiyentlari orqah, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o'zaro bog'lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo'nahshi — ichki iste'mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mateulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo'ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqah nazorat qilish va ularga yuqori boj to'lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me'yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Milliy valuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsu- lotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o'tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqicliida ijtimoiy siyosatni amalga oshi- rishning uchinchi yo'nalishi — aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qoilab-quwatlash borasida kuchli chora-tad­birlar o'tkazilganligi bo'ldi. Bu yo'nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari — pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam daro- madli oilalar, ishsizlar, o'quvchi yoshiar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turh xil yo'llar bilan himoya qilib borildi.
«Ma'lumki, mamlakatimizda kam ta'minlangan oilalami bepul si- gir ajratish yo'li bilan qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoq- da. 2006 yildan hozirga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijada 2009-yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro'yxatga olingan fuqarolaming umumiy soni 1 million 100 mingdan ko'proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi beril­di, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi»1.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish