Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


$ «Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko'rsatkichlari



Download 61,19 Mb.
bet273/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

$ «Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko'rsatkichlari
(2007-yil)




Aholi soni

YAIM




mln. kishi

jamiga nisbatan

mlrd. doll.

jamiga nisbatan




foizda

foizda

Jahon bo'yicha

6345,1

100,0

66228.7

100

AQSH

302,5

4,53

13543,3

20,4

Yaponiya

127,7

1,91

4346,0

6,6

Germaniya

82,4

1,23

2714,5

4,1

Buyuk Britaniya

60,2

0,9

2270,9

3,4

Fransiya

64,1

1,01

2117,0

3,2

Rossiya

142,5

2,14

2076,0

3,1

Italiya

59,1

0,89

1888,5

2,9

Kanada

32,9

0,49

1217,1

1,8

«Katta sakkizlik» mamlakatlari birgalikda

871,4

13,1

30006

45,3


Manba: http://ru.wikipedia.org.

Valuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg'unlashtirishning kuchayishi ko'p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog'liq. U o'zining nizomiga muvofiq valuta kurslari va a'zo mamlakatlar to'lov balanslarini tartibga soladi, ko'p tomonlama to'lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakat­lar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a'zo mamlakatlarga ularning valu- ta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi.


Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalash­tirish bilan XTRB faol shug'ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlami o'rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug'ullanadi, loyihalarning moliyaviy- iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tar­kibiy qayta o'zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o'ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti sa­maradorligiga ta'sirini, ularning to'lov balansi holatini o'rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo'jahgi tamoyillariga tez mos- lashishini ta'minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo'yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo'jahgi doirasida ko'p omilli funksional aloqalarni o'rganishni amalga oshiradi, valuta va budjet siyo­sati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo'yicha ilmiy asoslangan iqti­sodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta'sir ko'rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991-yil Yevropa tikla­nish va taraqqiyot banki (YeTTB) tuzildi.
Shuni ta'kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o'zgarishlar ro'y berib turadi. 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyat- dagi o'zgarishlar jahon xo'jalik aloqalari tizimini ko'p tomonlama tartibga sohsh shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o'zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyekt­larni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko'payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro'y beradigan o'zgarishlar muhim o'rin tutadi.
80-yillaming o'rtalarida dunyoda AQSH, G'arbiy yevropa va Yapo- niyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldi-ki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Jahon xo'jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a'zolari tarkibidagi o'zgarishlarning ham ta'siri bo'ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo'lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordi-ki, bu ham jahon xo'jaligi aloqalarini tartibga solishda ma'lum o'zgarishlarga ohb keladi.
Yevropa Ittifoqi (Yel) doirasida yagona bozorni bunyod etishga hara­kat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valuta va siyosiy it- tifoq ta'sis etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi.
Yevropa Ittifoqining ijroiya organi Yevropa hamjamiyati Komissiya- si (YeHK)dir. Uning a'zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o'z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisobla­nadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta'minot, qishloq xo'jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud bo'ladi.Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qihsh, ham- jamiyat budjeti va qonunlarini ma'qullash hamda ularga o'zgartirish ki­ritish huquqi yevroparlament zimmasiga yuklatiladi.
Yevropa Ittifoqida 1999-yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o't- kazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valuta — EKYU, 2004- yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa — Yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. Shuningdek, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy in- qitozi yuz berishi va ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar keltirishi rivojlangan mam­lakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo'ydi. Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab, 2008- yil noyabr oyida Vashingtonda, keyin 2009-yil aprel oyida Londonda jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit o'tkazildi. Prezidentimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo'yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqi- batlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chi­qish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning boiib o'tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bogiiq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qihnganining o'zi umid uyg'otadigan ijobiy hoi ekani shubhasiz*1, deya baholadilar.
Xulosalar

  1. Jahon xo'jaligi milhy xo'jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlana­di. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqti­sodiy siyosati ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Jahon bozorining o'ziga xos xususiyati bo'lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qi­lishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalmilal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne'matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mam- lakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.

  2. Islilab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi — bu iqtisodiy aloqalarning jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hi­soblanadi.

  3. Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi bilan bir qatorda global- lashuv jarayoni ham muhim o'rin tutadi. Globallashuv jahon xo'ja- ligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog'ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv ja­rayonining mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o'tish; xo'jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo'lishi va rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Shuningdek, jahon xo'jaligi globallashuvi jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojla- nishining bir tekisda bormasligi; boy va qashshoq mamlakatlar o'rtasi­dagi farqning kuchayishi; ekologik halokat tahdidlarining kuchayib bo­rishi; turli mamlakatlarda ahoh soni o'zgarishining farqlanishi kabi zid- diyatli tomonlari ham mavjud.

  4. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning to­var va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi- ni ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsu­lotlari ustun darajada eksportga yo'naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tar- moqlarning shakllanishiga olib keladi.

  5. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlar- dan o'tadiki, ulardan har biri milliy xo'jalikning xalqaro iqtisodiy mu­nosabatlarga jalb qilinishining ma'lum darajasi bilan tavsiflanadi.

  6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o'z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishida topadi.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish