Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet274/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Jahon xo'jaligi — xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqa­rish, mohyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mam­lakatlar xo'jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi — mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti — alohida mamlakatlarning tovar va xiz­matlarning ayrim turlarini islilab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv — jahon xo'jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog'ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo'jalik aloqalari majmui.
Eapitalning xalqaro harakati — kapitalning chet elda joylashtirilishi v*i harakat qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi — ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlanish maqsadida bir mamlakat - dan boshqasiga ko'chib o'tishi.
Emigratsiya — ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya — ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

    1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o'ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo'jaligining milliy iqtisodiyotga ta'siri qanday?

    2. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezon- larga asoslanadi? Ularni turkumlash bo'yicha hozirgi davrdagi yonda- shuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko'rsating.

    3. Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?

    4. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo'nalishlari mav­jud? Globallashuv jarayonining-ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.

    5. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o'ynaydi?

    6. Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta'sir ko'rsatuvc'hi omillar tavsifini bering.

    7. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo'ladi? Ularning asosiy shakllarini sanab ko'rsating.

    8. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to'g'risida tushuncha bering. Xalqaro migrantlar qanday toifalarga ajratiladi?

    9. Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har birining ahamiyatini ko'rsating.

    10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo'yadi?

11. Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro tuzilmalarni bilasiz?
26-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA O'ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI
Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotida ikki tendensiya amal qilmoqda. Bir tomondan, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojla­nishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi, kommunikatsiya va axborot za­monaviy tizimi, texnik jihatdan jahon andozalari va me'yorlarining yara- tilishi natijasida jahon xo'jaligining yaxlithgi, uning globallashuvi kuchay- moqda. Ayniqsa, bu jarayon transmilliy korporatsiyalarning faohyatlari orqali aniq namoyon bo'lmoqda. Boshqa tomondan, mintaqaviy dara­jada mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan yaqinlashuvi va o'zaro aloqa- dorligi ro'y berib, jahon xo'jaligining nisbatan mustaqil markazlarini tashkil etish yo'nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanmoqda.
Shunga ko'ra, ushbu bobda xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari tahlil etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar, shu­ningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo'nalishlari ochib beriladi.
26.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujud­ga kelishi mumkin boigan muammolarni hal etish va mazkur jara- yonning eng samarali shakllarini ko'rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik, dirijistlik yo'nalishi kabilarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Erta neoliberalizm (1950-1960-yillar) vakillari V.Repke va M.AUe to'hq integratsiya deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bo­zor makonining tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabat­lar sohasiga davlatning aralashuvi inflatsiya, xalqaro savdo va to'lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarnirig shakllanishi asosidagi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi erta neoliberal- lar fikrining asossiz ekanligini ko'rsatdi. Shunga ko'ra, keyingi neolibera- lizm vakili B.Balass iqtisodiy integratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi ishtirolcining faollashuviga olib kelishini tadqiq etdi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish