1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bor- masligi.
Iqtisodiy o'sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvclii rol o'ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kehb yangi texnika va texnologiyalarga «sakrab» o'tilishi o'ziga xos «tutash zanjir» hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to'ntarish yer shari- ning barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o'zlashthish imko- njni berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va tex- nologiyalar, sun'iy to'siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo'yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo'jaligidagi iqtisodiy o'sish sur'atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko'payish tezligi juda o'sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o'sish tendensiyasiga ega boigan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko'paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur'atlaridagi tafovutlar natijasida g'arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ba'zi mamlakatlar o'zlarining iqtisodiy o'sish sur'atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoat- lashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980-yillarda yangi industrial mamlakatlarning «dastlabki avlodi» — Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur'atlarda rivojlandi. 1990-yillarning oxiriga kehb yangi industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» — Indoneziya, Fi- lippin, Malayziya, Tayland jadal sur'atdataraqqiy etdi.Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an'anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo'yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hah jahon xo'jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda il- garilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo'lmagan ko'plab mamlakatlar ham mavjud.
2) boy va qashshoq mamlakatlar o'rtasidagi farqning kuchayishi.
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o'rtasidagi taqsimoti o'ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o'rtacha jon boshiga 6 baravar, o'sishiga erishgan boisa, eng kambag'al chorak qismi esa bu ko'rsatkichning 3 baravar o'sishiga erishgan xolos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti maiumotlariga ko'ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to'yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o'limga mah- kumdirlar. 1 mird.dan ortiq kishilar yetarli darajada ovqatlanmaslik mu- ammosiga duch kelmoqdalar. Shuningdek, «yashirin ochlik» — sifatli va to'liq ovqatianmaslik ham keng tarqalgan. Shunga qaramay, fan va texni- kaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko'paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin boigan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boigan ehtiyojlarini qondira oladi.
ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'siri u qadar ahamiyatli bo'lmay, tabiat o'zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo'lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko'rsatilayotgan ta'sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o'zini-o'zi qayta tiklash qobiliyatini yo'qotib bormoqda. Hisob- kitoblarga ko'ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 mingga yaqin turdagi o'simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Foydali qazilmalaming ba'zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, o'rmon materiallari resurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Yer yuzidagi iqlimning o'zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta'sirining oldini olish maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo'yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlari- ning kuchlarini birlashtirish lozim bo'ladi.
turli mamlakatlarda aholi soni o'zgarishining farqlanishi.
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida bosh-
langan demografik «portlashlar», ya'ni yer shari aholisi sonining jadal o'sishi ko'rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o'sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba'zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko'payishi natijasida ratsional xo'jalik yuritishga to'sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko'zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga qaramay aholi jon boshiga ist'emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste'mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qohnoqda. Bu kabi holatlar- dan ba'zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazorat- larning o'rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da'volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlar- dan ko'ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayot- gan globallashuv jarayonlari o'zining ijobiy yo'nalishlari va ziddiyatlariga ega boiib, bu jihatlaniing nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. o
25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari.
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi
Jahon xo'jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtiso- diyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlarijning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mus- tahkamlangan boiadi. Shu asosda mamlakatlar o'rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba'zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo'jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) — bu jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo'jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon boiadi:
tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
ishchi kuchi migratsiyasi;
ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
valuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng awalo milhy xo'jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog'hq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o'tadiki, ulardan har biri milhy xo'jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qili- nishining malum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27-bobda bataf- sil ko'rib chiqamiz.
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylash- tirilishi va harakatga keltirilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo'li bilan harakati ko'pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi